Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Iqlimi. Materikning shimoldan janubga uzoq masofaga cho‘zilganligi iqlimning xilma-xil bo‘lishiga sabab bo‘lgan


Download 1.14 Mb.
bet72/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Iqlimi.
Materikning shimoldan janubga uzoq masofaga cho‘zilganligi iqlimning xilma-xil bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Iqlimning shakllanishida Tinch, Atlantika va Shimoliy Muz okeanlari tomonidan esadigan shamollar, shuningdek, Kordilyera tog‘lari va tekisliklarning mavjudligi katta ta'sir etadi. Masalan, bir tomondan, Labrador va Kaliforniya oqimlari havo haroratini pasaytirib, yog‘ingarchilikni kamaytiradi. Ikkinchi tomondan, Shimoliy Tinch okean va Golfstrim iliq oqimlari havo haroratini ilitib, yog‘inlarning ko‘p yog‘ishiga sabab bo‘ladi. Arktikadan esadigan sovuq shamollar qishda Meksika qo‘ltig‘iga qadar yetib keladi va qor yog‘ishiga olib keladi. Kordlilyera tog‘ tizmalari Tinch okeandan esadigan havo massalarini to‘sib qo‘yadi. Natijada, baland tog‘ oralig‘idagi botiqlarda yog‘in juda kam yog‘adi.
Materikda 6 ta iqlim mintaqalari tarkib topgan. Shimolda arktika iqlim mintaqasi katta maydonlarni egallaydi. Deyarli yil davomida havo harorati manfiy bo‘ladi. Ayrim kunlari yozda harorat + 5°C gacha ko‘tariladi, xolos. G‘arbida 50-100 mm, sharqida esa 300-400 mm gacha yog‘in yog‘adi.
Ichki suvlari. Yer usti suvlari uchta okean havzalariga va qisman berk havzaga bo‘linadi. Asosiy daryo va ko‘llari Atlantika, Shimoliy Muz okeani va qisman Tinch okean havzasiga tegishli. Materikning eng yirik daryosi Missisipi (hindular tilida «katta daryo»)dir. Bu daryo Qoyali tog‘lardan, Markaziy va Buyuk tekisliklardan hamda Appalachi tog‘idan boshlanadi. Missisipi daryosining o‘rta qismida o‘zidan uzun bo‘lgan Missuri («loyqa daryo») irmog‘i kelib quyiladi. Missurining deltasi har yili Meksika qo‘ltig‘i tomon 100 m o‘sib boradi. Daryo qor-yomg‘ir suvidan to‘yinadi. Avliyo Lavrentiy daryosi quyi oqimida uzun va keng estuariy (lot. daryoning suv bosgan quyi qismi) hosil qiladi. Kordilyera tog‘laridan boshlanib, Meksika qo‘ltig‘iga quyiladigan Rio-Grande daryosi bor. Materik ko‘llari, asosan, muz hosil qilgan chuqurliklarda paydo bo‘lgan. Beshta ko‘l, ya'ni Yuqori, Guron, Michigan, Eri, Ontario ko‘llari Buyuk ko‘llar deb ataladi. Ular kattaligiga ko‘ra, shu tartibda bir-biriga kaskad bo‘lib tutashgan. Faqat Eri va Ontario ko‘llari oralig‘ida millionlab turistlarni o‘ziga jalb qiladigan mashhur Niagara sharsharasi bor.
Havzada eng yirik Katta Ayiq va Vinnipeg ko‘llari joylashgan. Tinch okean havzasidagi daryolarga Yukon, Kolorado, Freyzer, Kolumbiya kabi qisqa va sersuv, vodiylari tor va chuqur, suv oqimi shovqinli daryolar xos. Kolorado daryosining Katta Kanyon darasi dunyoga mashhurdir.Grenlandiya, Kanada-Arktika arxipelagi, Kordilyera tog‘laridagi muzlar egallagan maydon 2,2 mln kv. km dan oshadi. Alyaskadagi tog‘-vodiy muzligining uzunligi 145 km ga boradi. Bu Yer sharidagi eng uzun Xabbort muzligidir.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling