Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet70/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

O’tilgan mavzuni so’rash:
“Kerakli sonni qo’y”
1) Amazoniya past tekisligida yog’ingarchilik _________ mm ni tashkil etadi? (1500 – 3000)
2) Braziliya yassi tog’ligida yillik yog’in miqdori o’rtacha ______ mm gat eng? (1400 – 2000)
3) Janubiy Amerikada _______ mln aholi yashaydi? (387)
4) Materikka kishilar bundan _______ yillar ilgari Osiyodan kelgan (20 000)
Yangi mavzu bayoni:
Dunyodagi eng katta oroli bor materik (Grenlandiya, 2,1 mln km kv.), eng katta arxipelag shu materikda (Kanada Arktikasi), eng chuqur darasi (Kolorado kanyoni 2 km ga yaqin, uzunligi 320 km), eng uzun g‘ori (Flint-Mamont, 500 km), eng go‘zal va maftunkor sharsharasi bor (Niagara, bir yilda 10 mln sayyoh keladi), eng baland suv qalqishi bo‘ladi (Fandi qo‘ltig‘i, 18 m).
Shimoliy Amerika G‘arbiy va Shimoliy yarimsharlarda joylashgan. U boshqa materiklarga nisbatan Qutb tomon uzoq cho‘zilgan. Materikning shakli Janubiy Amerika singari uchburchakni eslatadi. Kattaligi jihatidan uchinchi o‘rinda turadi.
Materik qirg‘oqlarini 3 ta okean suvlari yuvib turadi. Janubda Panama bo‘yni orqali (eng tor joyi 48 km) Janubiy Amerika bilan tutashgan. Yevrosiyodan Bering bo‘g‘izi (kengligi 85 km) orqali ajralib turadi. Shimoliy va sharqiy qirg‘oqlari kuchli parchalangan.Janubiy Amerika hududiga nisbatan Shimoliy Amerika yevropaliklarga ancha oldin ma'lum bo‘lgan. X asrning oxirida norman Erik Rauda (Malla) Grenlandiyani, materikning shimoli-sharqiy qismini o‘rgandi. Jon Kabot Nyufaundlend orolini va Labrador yarimoroli qirg‘oqlarini kashf etdi. XVII asrda G.Gudzon, A.Makenzi va boshqalar materikning sharqiy va shimoliy qismlarini o‘rganishdi. XX asr boshida R.Amundsen birinchi bo‘lib materikning shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab suzib o‘tdi va Shimoliy magnit qutbining geografik o‘rnini aniqladi.
Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Shimoliy Amerika bilan Yevrosiyo qadimgi Lavraziya quruqligining tarkibiy qismi bo‘lgan. Mezozoy erasining boshlarida Shimoliy Amerika Yevrosiyodan ajralgan. So‘nggi 1 mln yil davomida Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerika bir-biridan 40 km masofa uzoqlashgan. Materikning tekislik qismi qadimgi platformaga mos keladi. Uning ustida kaynozoy erasining cho‘kindi tog‘ jinslari qatlamlanib joylashgan. Tog‘lar (Kordilyera, Qoyali tog‘lar, Appalachi) kaledion , gersen , mezozoy tog‘ burmalanishlari da ko‘tarilgan. Lekin alp burmalanishi da yoshargan. Tekisliklarda, asosan, cho‘kindi tog‘ jinslari uchrasa, tog‘li o‘lkalarda magmatik va metamorfik tog‘ jinslari tarkib topgan. G‘arbiy tog‘li mintaqada halokatli zilzilalar bo‘lib, vulqonlar otilib turadi.
Relyefi. Shimoliy Amerikani relyef tuzilishiga ko‘ra ikkita yirik qismga: tekislik va tog‘li qismlarga bo‘lish mumkin. Tog‘li qismidagi Kordilyera, uning sharqidagi Qoyali tog‘lar asosiy tog‘ tizimlaridir. Materikning eng baland nuqtasi Mak-Kinli cho‘qqisi (6194 m), eng past nuqtasi Ajal vodiysi (-86 m) ham tog‘ mintaqasida joylashgan. Katta Havzaning janubi-sharqida Kolorado platosini Kolorado daryosi kesib o‘tadi. U dunyodagi eng chuqur (2 km ga yaqin) va tor dara - Katta Kanyonni hosil qiladi. Materikning tog‘li qismi Tinch okean «olovli halqasi» mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Tekisliklar materikning sharqiy qismini egallaydi. Ular geografik o‘rniga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. Materikning shimoliy qismida qirlar va adirsimon balandliklar uchraydi. Bu hududlarda Lavrentiy qirlari, Markaziy tekislik, Missisipi pasttekisligi va mashhur Buyuk tekisliklar asosiy relyef shakllaridir.Materikning sharqiy qismida Appalachi tog‘i joylashgan. Bu past tog‘ bo‘lib, Ural tog‘i singari keksa. Uning janubi-g‘arbiy yonbag‘rida dunyodagi eng uzun (500 km) Flint-Mamont g‘ori bor.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling