Yangi mavzuni mustahkamlash:
“Shaxmat” o’yini
T/r
|
Relyef nomi
|
Daryo
|
Sharshara
|
Ko’l
|
1
|
Iguasu
|
|
+
|
|
2
|
Marakaybo
|
|
|
+
|
3
|
Parano
|
+
|
|
|
4
|
Orinoko
|
+
|
|
|
5
|
Titikaka
|
|
|
+
|
6
|
Amazonka
|
+
|
|
|
7
|
Anxel
|
|
+
|
|
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 89 - 94 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
6-sinf Geografiya
Mavzu: Janubiy Amerika tabiiy geografik o’lkalari. Aholisi
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Janubiy Amerika tabiiy geografik o’lkalari va aholisi haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga iqtisodiy va ekologik tarbiya berish, estetik didni shakllantirish
v) O’quvchilarning tasavvurini oshirish, ijodiy salohiyatini kengaytirish
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
muntazam ravishda o‘z bilimini oshirishda geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Janubiy Amerika iqlimi qanday omillar ta’sirida shakllanadi?
2) Materikda qancha va qanday iqlim mintaqalari mavjud?
3) Qaysi daryolar Atlantika okeani havzasida joylashgan?
4) Janubiy Amerikada qanday tabiat zonalari bor?
5) Janubiy Amerikaga xos qanday hayvon turlarini bilasiz?
6) And tog’larining qaysi qismida balandlik mintaqalarining soni ko’p?
Yangi mavzu bayoni:
Janubiy Amerika hududining relyefidagi tafovutlariga asoslanib, unda ikkita yirik tabiiy-geografik o‘lka ajratilgan - Tog‘li G‘arb va Tekislikli Sharq. O‘z navbatida, bu o‘lkalar tabiiy xususiyatlariga qarab bir necha kichikroq tabiat komplekslariga bo‘linadi. Jumladan tog‘li hududida Shimoliy, Markaziy va Janubiy And, tekislikli hududida esa Orinoko, Amazoniya, Gviana va Braziliya yassitog‘lari, Patagoniya kabi kichik tabiiy-geografik o‘lkalarni ajratish mumkin. Quyida ayrim tabiat komplekslariga qisqacha tavsif beramiz.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |