Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


aytilsa, ketma-ket uchtagacha undov belgisi qo‘yilishi mumkin


Download 149.9 Kb.
bet51/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

aytilsa, ketma-ket uchtagacha undov belgisi qo‘yilishi mumkin.

230-mashq. Hazil matnni o‘qing. Undagi tinish belgilarini izohlang. Aytilmoqchi bo‘lgan fikr haqida suhbatlashing.

- Eshagim, harom o‘lgur, hangrayverib jonga tegyapti. Mamarayim, nima qilsam bo‘ladi-a? - Yukni ko‘proq ortsang, ovozi o ‘chadi! (O‘.Hoshimov)


231-mashq. Gaplarni o‘qing, tinish belgilarining qo‘llanilishiga diqqat qiling. Birinchi gapga munosabat bildiring.

1. Navosiz ulusning navobaxshi bo‘l, Navoiy yomon bo‘lsa, sen yaxshi bo‘l! (Alisher Navoiy) 2. Bor ekan-ku bunaqa yorug‘ kunlar! Nihoyat, bizning ko‘kragimizga ham shadaba tegadigan bo‘ldi. (O.Sharafiddinov) 3. Muhammad Yusufning ≪Osmonning

oxiri≫ dostonini o ‘qiganmisiz? Unda shunday jumla bor: ≪Odam dunyoga bir marta keladi. Shu bir kalima so‘z bilan qancha savob ishlar qilish mumkin. Shu bir kalima so‘z pinjida qancha gunohga botish mumkin≫. (D.Muhammadiyev) 4. Ey bo‘tam! Tilingni yomon so‘zlardan saqla! (Zamaxshariy)
232-mashq. Zafar Diyorning ≪Kitob, mening do‘stimsan!≫ she’rini yodlang. Undov belgisining ishlatilish sabablarini izohlang.

Yosh o ‘ynoqi ko‘zlarim

Bilim olar kitobdan.

Tashkil topib so‘zlarim,

Shuur olar kitobdan.

Shuning uchun deymanki:

≪Kitob, mening do‘stimsan!≫

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. So‘roq belgisi qaysi o‘rinlarda ishlatiladi?

2. Undov belgisi ketma-ket nechtagacha qo‘llanishi mumkin?

3. Undov belgisi qanday hollarda qo‘llanadi?




Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling