Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar


Download 149.9 Kb.
bet31/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: an’anaviy.

Dars jihozlari: darslik, o’zbek tilining atoqli lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

196-mashq. Matnni o‘qing, undagi g‘oya to‘g‘risida bahslashing.

Ko‘chirma gaplar va ularda tinish belgilarining ishlatilishiga diqqat qiling.

Bahromshohning uchta o ‘g ‘li bor ekan. U tirikligida farzandlaridan birini taxtga o ‘tqazib, xotirjam bo‘lmoqchi bo‘libdi va ularga sinash uchun shunday debdi:

- O‘g ‘illarim, menga dunyoda eng kuchli, o ‘ta shirin va eng yoqimli lazzatbaxsh narsani topib keltiringlar.

Yigitlar o‘sha narsani izlab yo‘lga tushishibdi. Biri may, biri asal olib kelibdi. Kenjasi esa til keltiribdi. Shoh sukut saqlab hammasini qabul qilib olibdi va debdi:

- Endi menga tig‘dan o ‘tkir, zahardan kuchli, eng achchiq va ziyonli narsani olib kelinglar. Hamma tarqalib ketibdi. Kenjasi yana til keltiribdi. Bahrom shoh kenja

o ‘g ‘lini taxtga loyiq deb topibdi. Chunki dunyoda tildan kuchli narsa yo‘q.

(H. Rahmatullayev. «Otamning rivoyatlari» kitobidan)
197-mashq. Berilgan so‘zlarning ma’nolariga diqqat qiling. Ulardan foydalanib, «Otalar so‘zi - aqlning ko ‘zi» mavzusida savol-javob qiling. Unda ko‘chirma gaplardan zoydalaning.

BAHRA OLMOQ 1 Foyda, manfaat, naf olmoq. 2 Lazzat, huzur, rohat olmoq.

3 Ilhomlanmoq, ruhlanmoq; ta’lim olmoq.



HIKMAT 1 Aql-zakovat, donolik va uning ifodasi bo‘lgan, uni aks ettiruvchi gap-so‘z; fikr; donolik belgisi. 2 Tagini anglash qiyin bo‘lgan, yashirin bir ma’no, yashirin bir sabab.

NAFOSAT Narsa va hodisalarning tashqi ko‘rinishidagi alohida mukammallikni, mutanosiblikni ifodalovchi belgilar majmuyi; nafislik, go‘zallik, latofat.

IBRAT Namuna, o‘rnak bo‘ladigan ish, xatti-harakat va shu kabilar.
198-mashq. ≪O‘tkan kunlar≫ romanidan olingan parchani o‘qing,

Yurgan - daryo, o‘tirgan - bo‘ryo emish≫ degan gapga munosabat bildiring.

- Savdo bilan qanday shaharlarga bordingiz, bek? – deb qutidor so‘radi.

- O‘zimizning shaharlardan ko‘pini ko‘rdim, - dedi bek, - o ‘ris shahardan Shamayga ham bordim.

- Ha, ha, siz Shamayga ham bordingizmi? - deb Ziyo shohichi ajablandi.

- O‘tkan yili borg‘an edim, - dedi bek. - Borishim noqulay bir vaqtga to ‘g ‘ri kelib, ko‘b mashaqqatlar chekdim.

- Chin savdogar siz emishsiz, - dedi qutidor, - biz shu yoshqa kelib hali o ‘zimizning kattaroq shaharlarimizni ham ko‘ralmadik; siz o ‘risning Shamayigacha borg‘ansiz.

- Yurgan - daryo, o ‘tirgan - bo‘ryo emish, - dedi Akram hoji. (Abdulla Qodiriy)


Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:


Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling