Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar


Download 149.9 Kb.
bet33/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: an’anaviy.

Dars jihozlari: darslik, o’zbek tilining atoqli lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Topshiriq. Matnni o‘qing. Matn tuzuvchining maqsadini aniqlashga harakat qiling.

Otamning ogitlari

Tuman gazetasiga kichik-kichik xabarlar yozib turardim. Bir kuni rahmatlik otam yonlariga chaqirib:

- Mayda-chuyda xabarlar yozishingni qo‘y, o ‘g ‘lim. Endi kattaroq bir narsalar yozgin, to‘rt odam o ‘qib, bir-biriga aytadigan bo‘lsin! - dedi. (A. Jo ‘rayev)



Bilib oling. O‘zaro va tarkiban bog‘langan gaplar ketma-ketligidan iborat yozma yoki og‘zaki shakldagi yaxlit birlik matn sanaladi. Matn tuzuvchi muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida hikoya qilish, ularni tasvirlash yoki ular haqida muhokama yuritish kabi maqsadlarni ko‘zda tutishi mumkin.

Esda saqlang. Mazkur maqsadlarga muvofiq matnlarning quyidagi turlari farqlanadi:

1) hikoya matni; 2) tasviriy matn; 3) muhokama matni.



200-mashq. Matnni o‘qing. Yozuvchining ≪Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q≫ matalining mazmuni borasidagi muhokamasiga munosabatingizni bildiring.

≪Oldingdan oqqan suvning qadri y o ‘q≫ deydilar. ^C h in d an ham shunday. Oldimizdan oqqan suvni uvol qilsak - chidaydi. Qo‘limizni yuvsak - chidaydi. Betimizni chaysak - chidaydi. Boringki, oyog‘imizni yuvsak ham - chidaydi. Ammo... Oldimizdan

oqqan suvga tupursak, cho‘p tiqib loyqalatsak, boshidan mag‘zava ag‘darsak... Oldimizdan oqqan suvning gunohi nima o ‘zi?! (O ‘.Hoshimov)
201-mashq. Matnni ko‘chiring. Matndagi hikoya maqsadini izohlang.

Shundan keyin har kuni kelib, xabar olib turish odatim bo‘lib qoldi. Uni davolayotgan shifokorlar bilan uchrashib, ahvolidan xabar olib turdim, yaxshiroq qarashlarini iltimos qildim. Uchto ‘rt kun o‘tgandan keyin o ‘rnidan turib yuradigan bo‘ldi. Meni

ko‘rganda, chehrasi ochilishini sezib, bir qadar sevinib qo‘ydim. Kasalxona bog‘iga chiqib o ‘tirib, ancha-muncha suhbatlashadigan bo‘lib qoldik. Oramizdagi rasmiy munosabat xiyla arib, qandaydir inoqlik paydo bo‘ldi. (U.Nazarov)

! Esda saqlang. Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida hikoya qilish maqsadida tuzilgan matn hikoya matni sanaladi. Hikoya matni ko‘proq so‘zlashuv va badiiy asarlarda qo‘llanadi.

202-mashq. Biror joyga borganingizda ko‘rganlaringizni bayon qilish maqsadida «Sayohat zavqi» mavzusida hikoya matni yozing.

203-mashq. Matnni ko‘chiring. Yozuvchining maqsadiga ko‘ra matn turini izohlang. Matndagi fikrga munosabat bildiring.

Afrika qabilalaridan birida jinoyat qilgan odamni sazoyi qilish, qamab qo‘yish, qatl etish degan gaplar yo‘q ekan. Tanho o‘zini qabiladan haydab yuborisharkan, xolos... Aslida, odam uchun yolg‘izlik eng oliy jazodir. (O‘.Hoshimov)



Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Matn deb nimaga aytiladi?

2. Matnning turlarini sanang.

3. Hikoya matni qayerlarda qo‘llanadi?




Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling