Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Download 149.9 Kb.
bet60/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

1-topshiriq. Gapni o‘qing, undagi fikrga munosabat bildiring.

Muallifning ismi va familiyasi nima sababdan qavs ichida berilganini izohlang.



Kishi niyati, so ‘zi, amaliy ishlari bilan qanchalik odamlarga foyda keltirsa, yomonlarni to ‘g ‘ri y o ‘lga solsa, haq y o ‘lida fido bo‘lsa, u shunchalik komil b o ‘ladi.

(U. Sattarov)

2-topshiriq. Ko‘p nuqtaning ishlatilish sababini tushuntiring.

Yoz... Issiq kunlar boshlandi. Butun atrof quyoshning olov taftida kuyadi.



Esda saqlang. Kiritma gaplar, remarkalar, izoh ma’nosidagi so‘z yoki so‘z birikmalari, shuningdek, shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil shakli berilsa, ulardan biri qavsga olinadi. Mazmunan tugallanmay qolgan gaplar oxirida, matn (jumla) qisqartirilsa; fikr bo‘lib-bo‘lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilsa,

suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa, tushirib qoldirilgan harf, so‘z yoki boshqalar o ‘rnida ko‘p nuqta ishlatiladi.

247-mashq. Gaplarni o‘qing, ko‘p nuqta va qavsning ishlatilish sabablarini izohlang.

1. Yo alhazar!.. Salomni ham ravo ko‘rmadi-ya!.. Ishlab o‘rgangan odam, baribir, uyda

o‘tirolmaydi... (F.Salayev) 2. Badiuzzamon (kulib). Men aytdim-a... Balki, Husayn Boyqarosiz Alisher Navoiy bo‘lmasdi. Lekin Alisher Navoiysiz Husayn Boyqaro ham

bo‘lmasdi. (Omon Muxtor) 3. ... Dono bo‘lmoq uchun bilimsizdan ham o ‘rganmoq kerak. (Kaykovus) 4. O‘n yoshimda kitob o ‘qiy boshladim. ≪O‘qish kitobi≫, Oybekning ≪Qutlug‘ qon≫, G‘afur G‘ulomning benazir she’rlari... (I. G ‘afurov)



248-mashq. Gaplarni o‘qing, ko‘p nuqta va qavsning ishlatilish sabablarini izohlang.

1. E-ee... O‘tloqdan otni keltirishni unutgan ekanman. O‘tloqqa yugurdim. Ot yo‘q! Bu qorong‘ida filni ham topib bo‘lmaydi. Buning ustiga, hamma yoq tog‘, archazor, jardara... (Sh.Xolmirzayev) 2. Bozorboy xatning bu yog‘ini o‘qiy boshladi:

≪...Ko‘zingni och, mehnatsiz topilgan pul hech kimga vafo qilmagan≫. (Said Ahmad) 3. Demak... demak, boshga tushganini ko‘z ko‘radi. Chidash kerak! Chidash... (Omon Muxtor) 4. Ba’zi qo‘lyozmalar sahifasining hoshiya qismiga oltin suvi sepib (purkab)

ziynatlangan. (M. Hakimov)



249-mashq. Maktab... Insonning hayot yo ‘llariga chiqib olishida zinapoya o ‘rnini

o‘tagan qutlug‘ dargoh! Matnni davom ettiring. Unda ko‘p nuqta va qavsdan foydalanishga harakat qiling.

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Ko‘p nuqtaning ishlatilish o‘rinlariga misollar keltiring.

2. Qavsdan qaysi o‘rinlarda foydalanamiz?

3. Alisher Navoiy (1441-1501) eski o ‘zbek adabiy tilining asoschisi sanaladi. Ushbu gapda qavsning ishlatilish sababini izohlang.




Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling