Mehmonxona faoliyatini jahon tajribasida umumlashtirganda mehmonxonalarning alohida tiplarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu ularning tarifi, sig‘imi, mo‘ljallangani, joylashishi, shinamligi, xizmatlarga narxlar darajasi va boshqalarni birlashtiradi. Jahon mehmonxona industriyasi tajribasida keng tarqalgan mehmonxona korxonalari tipologiyasi 3.1- jadvalda keltirilgan.
Mehmon-xonalar tipi
|
Xarakteristikasi (tarifi)
|
Lyuks otel
|
Ushbu tip mehmonxona sig‘imi bo‘yicha kichik yoki o‘rta korxonalarga kiradi. Odatda shahar markazida joylashadi. Yaxshi o‘rgatilgan xodimlar eng talabchan mijozlarga ham yuqori darajada servis xizmati ko‘satadi: konfrensiya ishtirokchilari, ishga doir uchrashuvlar, biznesmenlar, yuqori haq to‘lanadigan professionallarga, xizmat ko‘rsatish turlarining maksimal imkoniyatini ichiga olgan xonalarning yuqori narxi xarakterli.
|
O‘rta klass mehmon-xonalar
|
Sig‘imi bo‘yicha katta lyuks otellar (400-2000 o‘rin). Shahar markazi yoki chekkasida joylashadi. Etarli darajada keng xizmatlar to‘plamini taklif qiladi, narxlari joylashgan hudud darajasida yoki ancha baland. Biznesmenlar, turistlar-individuallar, kongresslar, konferensiyalar va h.k. lar ishtirokchilarini qabul qilishga mo‘ljallangan.
|
Mehmonxona apartament
(apart-otel)
|
Sig‘imi bo‘yicha bu korxona kichik yoki o‘rta hajmlarda (400 o‘ringacha). Nodoimiy aholili yirik shahar uchun xarakterli. Vaqtincha yashash uchun foydalaniladigan kvartira tipidagi xonalarni taqdim etadi, ko‘pincha o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish asosida. Bu tipdagi mehmonxonalar narxi joylashtirish muddatiga bog‘liq ravishda odatda o‘zgarib turadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |