Mavzu: Mehmondo‘stlik industiriyasining zamonaviy tuzilmalari va ularning tasnifi Asosiy tushunchalar


Download 15.71 Kb.
bet3/6
Sana31.01.2023
Hajmi15.71 Kb.
#1142096
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Mehmondo‘stlik industiriyasining zamonaviy tuzilmalari va-fayllar.org

Mehmonxonalar klassifikatsiyasi


  • BTT (WTO) ekspertlari tomonidan turistlarni joylashtirish vositalarining standart klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan.

  • Klassifikatsiyada keltirilgan mehmonxonalar va ularga o‘xshash korxonalar turistlarning guruhlarini nisbatan qulay joylashtirish vositalari sifatida ajralib turadi. Jumladan, mehmonxonalar uchun quyidagi belgilar harakterlidir:

  • belgilangan minimumdan oshadigan miqdorda xonalar mavjudligi (Rossiyada -5, Belorusda - 10) va yagona rahbarlikka birlashgani;

  • ko‘rsatilishi shart (xonani yig‘ishtirish, sanuzelni tozalash, har kuni to‘shaklarni tartibga keltirish) va qo‘shimcha (kimyoviy tozalash, kir yuvish, sartaroshxona, avtomobillarni ijaraga berish va h.k.) xizmatlari;

  • mavjud jihozlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarga bog‘liq holda milliy standartlar talablariga muvofiq ravishda klasslar va kategoriyalarga guruhlash.

  • «Mehmonxona» tushunchasini tegishli me’yoriy hujjatlar ham belgilaydi, masalan «Mehmonxonalarni klassifikatsiyalash va boshqa joylashtirish vositalari davlat tizimi to‘g‘risida Nizom» (6-ilova) joylashtirish vositalarini turistlarni vaqtincha joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi xilma xil tashkiliy huqukiy shakldagi korxona sifatida xarakterlaydi. U kamida beshta xonaga ega bo‘lishi lozim. Bunga mehmonxonalar, motellar, yoshlar yotoqxonalari, dam olish uylari, pansionatlar, davolash-sog‘lomlashtirish xizmatlari ko‘rsatuvchi mehmonxonalar ham kiradi.

  • «Mehmonxona» tushunchasi bilan bir qatorda ko‘pincha «otel» atamasidan ham foydalaniladi. Qaysikim keng nomenklaturada va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxona korxonasini bildiradi. Ularda g‘oyat mehmonnovozlik muhiti va didli qulayliklar yaratiladi.

  • Turistlarni joylashtirish vositalari klassifikatsiyasi shuningdek «Turistik» xizmatlar. Joylashtirish vositalari umumiy talablarda ham (GOST 511895-98) keltirilgan. Ushbu hujjatga muvofiq barcha joylashtirish vositalari jamoaviy va yakka-individualga bo‘linadi.

  • Individual joylashtirish vositasiga kiradi: yollashga beriladigan xonadonlar, kvartiralardagi xonalar, uylar, kottejlar.

  • Mehmonxona korxonalari turli toifa (kategoriya)lar bo‘yicha klassifikatsiyalanadi. Ular o‘rtasida ko‘proq iste’mol qilinadiganlari quyidagilar hisoblanadi:

  • shinamlik darajasi;

  • sig‘imi;

  • mo‘ljallangan faoliyati;

  • joylashgan maskani;

  • ishlash davomiyligi;

  • ovqatlanish ta’minoti;

  • mijozlar kelishi davomiyligi va ayrim boshqalar.

  • Fransuz milliy klassifikatsiya tizimi ko‘proq tarqalgan hisoblanadi, turistlar uchun olti kategoriyada otellar belgilangan. Ular orasida ma’lum yulduzlar soni berilgan besh kategoriyasi mavjud (* ** *** **** *****) bitta yulduzli (I). Bunday tizimi mehmonxona xizmati bozorini ko‘proq qamrab olgan.

  • Germaniyada qabul qilingan klassifikatsiyaga muvofiq mehmonxona korxonalari besh klassga bo‘lingan. Evropa tizimi bilan uyg‘unlashtirish maqsadida bu erda tegishli ravishda har bir klassga ma’lum yulduz berish ko‘zda tutilgan:

  • turistik klass - * ;

  • standart klass - * *;

  • shinam klass - * * *;

  • birinchi klass - * * * * ;

  • lyuks - *****.

Download 15.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling