Mavzu: Mehnat fani darslarida integratsion yondashuv (4 soat) Reja


Boshlang'ich sinf texnologiya darslarida integratsiyalashgan ta'limdan foydalanishning metodik xusysiyatlari


Download 1 Mb.
bet3/6
Sana03.09.2023
Hajmi1 Mb.
#1672310
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
M7 Tex

2. Boshlang'ich sinf texnologiya darslarida integratsiyalashgan ta'limdan foydalanishning metodik xusysiyatlari.
Modellashtirishda amaliy va idrok qilish masalalarini mustaqil hal etish o‘quvchidan iroda kuchi, tirishqoqliq qo‘yilgan maqsadga erishish uchun qat’iyatni talab qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning amaliy ishlari paytida asboblarni tug‘ri egallashlari, ishdagi aniqliq tartibliliq detallga diqqat bilan ishlov berish, materiallardan tejamli foydalanishni ko‘zatib turadi, Mehnat madaniyati ko‘nikmalarini kun sayin singdirib boradi.
Oxirgi paytda maktab ta'limini integratsiyalash to‘g‘risida juda ko‘p gapirilib kelinmoqda. Olimlar va amaliyotchi-o‘qituvchilar bolalarda qanday qilib dunyo to‘g‘risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar bo‘yicha bilimlarni yaqinlashtirish uchun bir butun dasturni tuzish to‘g‘risida bosh qotirmoqdalar. Bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlarni birlashtiruvchi kurslar tashkil etish harakatlari bo‘lmoqda: Masalan, matematika va konstruksiyalash, tasviriy san'at va badiiy mehnat. .
Ikki o‘quv fani o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatishda va ularning integratsiyasida vaqti-vaqti bilan u yoki bu fan tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Turli o‘quv fanlardagi mavzularning uzviy bog‘liqligi va mantiqiy o‘zaro aloqadorligi integratsiyalashgan darslarning asosi bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarini o‘qish, ona tili, tabiatshunoslik, matematika, tasviriy san’at, musiqa darslariga bog‘lashimiz mumkin. Masalan,
Estetik tarbiya bo‘yicha asosiy fan texnologiya fani bo‘lib, rasm, tasviriy san`at, jismoniy tarbiya, o‘qish, ona tili kabi fanlar bilan integratsiyalagan holda kasbga yo‘naltirish yaxshi samara beradi. Yuqoridagi misollarni ko‘rib shuni aytish mumkinki, demak fanlararo integratsiya mavjud, ya`ni fanlararo uzviylik bog`liqlik mavjud. Chunki, biror fanning maqsadi, ya`ni bolalardagi nutq o‘stirish, axloqiy tarbiya, ekologik tarbiya, estetik tarbiya va boshqa tarbiyalar barcha fanlarda o‘z aksini topgan.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling