Mavzu: Mehnat fani darslarida integratsion yondashuv (4 soat) Reja


Download 1 Mb.
bet6/6
Sana03.09.2023
Hajmi1 Mb.
#1672310
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
M7 Tex

Texnologiya darslarining aqliy mehnat turiga kiruvchi darslarda ham barcha fanlarga integratsiyalashimiz mumkin. Masalan, murakkab usulda buklab oqqush shaklini yasash mehnat sini ko‘rib chiqamiz va matematika faniga integratsiyalaymiz.

  • A4 formatdagi rangli qog‘ozni teng 8 ta bo‘lakka bo‘lib olinadi,

  • 37x53 mm li o‘lchamdagi qog‘oz bo‘lagini teng ikkiga buklanadi.

  • Qog‘ozning teng o‘rtasidan pastga qaratib uchburchak shaklida buklanadi.

Huddi shu yerda biz darsni matematika darsi bilan bog‘lashimiz mumkin. Bu yerda to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak kabi geometrik tushunchalarga to‘xtalamiz.


Ushbu geometrik figuralarni takrorlash orqali bajarmoqchi bo‘lgan ishimiz yanada osonlashadi, dars yanada qiziqarliroq bo‘ladi, ko‘zlangan natijaga erishishimiz osonlashadi.

  • Hosil bo‘lgan shaklning ortiqcha pastki qismini ichki tomoniga burchak qilib buklanadi.

  • Burchak qilib buklangan qismini yuqoriga buklanadi.

  • Hosil bo‘lgan shakl teng ikkiga buklanadi





  • Hosil bo‘lgan uchburchaklarni ikkitasini bitta uchburchak orasiga joylashtiriladi. Bu ishni ketma-ket bajarib doiralar hosil qilinadi. Har bir doirada 30 tadan burchak bo‘lishi kerak.



  • Oqqush shaklini pastki qismini hosil qilish uchun qizil rangli qog‘ozdan 5 qator burchak terib chiqiladi.

  • Oqqushning keyingi bosqichlarini ikki qator sariq rangli qog‘ozdan terib chiqiladi.

  • Oqqushning qanotlarini yashil rangli qog‘ozdan 2 qator, ko‘k rangli qog‘ozdan ikki qator, pushti rangli qog‘ozdan 1 qator burchaklar terilib chiqiladi.



  • Oqqushning bo‘yin qismini turli rangdagi qog‘ozlardan tayyorlangan burchaklardan terib chiqiladi. Oqqushga bezak berish uchun ko‘z va lentadan bo‘yinbog‘ tayyorlanib taqiladi.

Boshlang‘ich sinf mehnat darslarida ta’lim beribgina qolmay tarbiya ham teng olib boriladi. Bu esa bolaning ham aqlan ham ma’nan kamol topishi uchun katta ahamiyatga ega. Mehnat faoliyati bolaning tevarak atrofdagi muhitni, real buyumlarni anglab olishning mustahkam vositasi bo‘lib, unda nazariy bilimlarni qo‘llash imkoniyatini yaratib beradi, uning ongini hissiy tasavvurlar bilan boyitadi.
Mehnat darsi jarayonida o‘quvchilarga inson mehnati mahsuli bo‘lgan moddiy va ma’naviy nematlarni, qadrlash asrashga o‘rgatish, mehnat qilishga nisbatan rag‘batni, muhabbatni uyg‘otish, o‘quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarni yuzaga keltirish, mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda vijdonan yondashishga odatlantirish biz o‘qituvchilarning zimmasidadir. Biz o‘quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalashimiz, o‘z mehnati samarasidan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirishimiz kerak.
Savollar

  1. Integratsiylashgan ta'limning o'ziga xos xususiyatlari nimada?

  2. Boshlang'ich sinf mehnat darslarida integratsiyalashgan ta'limdan foydalanishning metodik xusysiyatlarini sanang?

  3. Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish ushun nimalar qilish kerak?

Topshiriqlar
1. Boshlang‘ich sinflarda mehnat darslari qaysi fanlar bilan o‘zaro a’loqador.
2. Integratsiyalashgan dars ishlanma tayyorlash?
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling