Mavzu: Mehnat fani darslarida integratsion yondashuv (4 soat) Reja
a) Qog'oz uycha modeli yasashda matematika darsi bilan bog‘lashimiz mumkin
Download 1 Mb.
|
M7 Tex
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uychani maketini tayyorlash
a) Qog'oz uycha modeli yasashda matematika darsi bilan bog‘lashimiz mumkin.
Ish uchun: qalin qog'oz yoki ingichka kartondan foydalaniladi. Qalin chizma qog'ozda uycha chizmasini chizamiz, ishimizdan avval uycha shakllarining modellarini ko‘rib chiqishimiz kerak, bunin uchun bizga matematika fani yordam beradi va mehnat darsiga o‘zaro bog‘laymiz. Shakllarning modellarini ko‘rib chiqing. Har bir modelning sirti qanday ko‘pburchaklardan iborat? Sirti ko‘pburchaklardan iborat bo‘lgan shakl ko‘pyoq deb ataladi. Ko‘pburchaklarning har biri ko‘p yoqning yoqlari deb ataladi. Ko‘pburchakning tomonlari ko‘pyoqning qirralari, ko‘pburchakning uchlari ko‘pyoqning uchlari deb ataladi. Har bir ko‘pyoq modelining nechta: a) uchi; b) qirrasi; d) yog‘i bor? Biz uychamizni maketini chizib olishimiz uchun albatta ko‘pyoq, kub tushunchalariga ega bo‘lishimiz kerak. Quyidagi misollar orqali mustahkamlab olishimiz mumkin. Ko‘pyoqning har bir uchini, qirrasini va yog‘ini ayting. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning A va K uchlaridan chiqqan qirralarini ayting. Har bir ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan qirrani ayting. Rasmda qaysiyoqlar ko‘rinadi, qaysi yoqlar ko‘rinmaydi. Teng yoqlar juftliklarini ayting. Uychani maketini tayyorlash qirqib olamiz, bukilish chiziqlarini qirqamiz va yopishtiramiz. Uycha modeli faner yoki qalin kartonga o'rnatiladi. Xohishingizga qarab o‘nga akvarel bo'yoqlarda jilo berishingiz mumkin. To‘g‘ri burchakdan kichik burchak o‘tkir burchak deyiladi. To‘g‘ri burchakdan katta burchak o‘tmas burchak deyiladi. Boshlang‘ich sinflarda fanlarni integratsiyalash dars smaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli foydalanishga olib keladi, darsni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi, bo‘sh vaqt orttiriladi va to‘garaklarga jalb etiladi. Masalan, O‘zbekiston mening Vatanim mavzusini o‘tishi uchun mavzu tushuntiriladi, tabiiy boyliklari va ularni qadriga etish ko‘rib chiqiladi va mavzu asosida rasm ham chiziladi. Bu esa bolani mavzuni yaxshi tushunib olishiga yordam beradi, kengroq va chuqurroq tushunishiga imkon ortadi, uzoq vaqt yodda saqlab qolishiga yordam beradi. Bu esa dars samaradorligini oshiradi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling