Mavzu: Membranasiz organoidlar. Reja
Tsitoplazma mikronaychalari
Download 485.54 Kb. Pdf ko'rish
|
7-maruza. Membranasiz organoidlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tsitoplazmaning fibrillyar tuzilmalari.
Tsitoplazma mikronaychalari. Deyarli barcha eukariot hujayralar gialoplazmasida uzun
erkin mikronaychalar uchraydi. Kwp miqdorda ular wz shaklini wzgartiruvchi hujayralarda bwladi. Bular ham tubulindan tarkib topgan. Bu mikronaychalarning asosiy funktsional vazifasi hujayra shaklini ushlab turuvchi elastik va mustaxkam ichki skeletni xosil qilish. Undan tashqari bu mikronaychalar hujayraning wsishida ishtirok etadi. Wsimlik hujayralarida vakuolning kattalashishi hisobiga hujayraning xajmi ortganda mikronaychalar kwplab tsitoplazmaning periferik qismida yig`iladilar va hujayra devorini mustaxkamlaydilar. Mikronaychalar hujayra ichida turli komponentlarining xarakatini ta`minlaydilar. Ular bir tomonga ywnalgan oqimni (tsikloz) yuzaga keltirib molekulalar xarakatiga yordam beradilar. Tsitoplazmaning fibrillyar tuzilmalari. Bularga ipsimon tuzilishga ega bwlgan mikrofibrillalar (10nm) mikrofilamentlar (6nm) kiradi. Mikrofibrillar hayvon hujayralari uchu xos, oqsildan tuzilgan. Epiteliy hujayralarida mikrofibrillar plazmatik membrana yaqinida bwlib desmosomalar tarkibiga kiradi. Bular ham tayanch vazifasini bajaradi. Mikrofilamentlar. Plazmatik membrananing ostidagi kortikal qatlamda uchraydi. Amyobalarning psevdopodiyalarida, ichak epiteliysi mikrovorsinkalarida, wsimlik hujayrasi tsitoplazmasi oqimida uchraydi. Mikrofilamentlar hujayrada xarakat yuzaga keladigan qismida uchraydi ,ular tarkibida mushak tolalarida uchraydigan oqsillar: aktin, miozin, torpomiozinlar topilgan. Tsentriolyar tsikl. Hujayra tsikli davomida tsentriolalarning aktivligi wzgarib turadi. Mitoz vaqtida xujayra markazlarida 2 tadan diplosomalar joylashib ularning biri ona ikkinchisi qiz tsentriol. Qiz tsentriol uchi ona tsentriolga qaragan bwladi. Ona tsentriol mitozning xamma fazasida maxsus ingichka fibrillalar zonasi bilan – tsentriolyar fibriollyar galo bilan wralgan bwladi. Bu galodan mikronay chalar chiqadi. Qiz tsentriolda galo xam mikronaychalar xam bwlmaydi. Bwlinish dukini xosil qilishda asosan ona tsentrioladan chiqqan mikronaychalar ishtirok etadi. Yangi mikronaychalar tsentriolalarning wzidan emas ularning galo qismidan wsib chiqadi. tsentriolalar bu mikronaychalarni polimerizatsiyasida ishtirok etadi. Telofazani oxirida bwlinish dukining buzilishi kuzatiladi. 2ta tsentriol wzaro perpendikulyarligini ywqotib birg`biridan biroz uzoqlashadi. Ona tsentriola atrofida mikronaychalar kuzatilmaydi. Interfaza davrida ona tsentriol atrofida satellit deb ataluvchi wsimtalar xosil bwlib ulardan mikronaychalar wsa boshlaydi. Bular tsitoplazma mikronaychalari. Mikronaychalar wsgan sari tsentrioladan uzoqlashib u bilan aloqasi uziladi, uning wrnida yana yangilari xosil bwladi, eskilari parchalanadi- shunday qilib xujayrada mikronaychalarning xosil bwlish konveyri yuzaga keladi. Hujayraning keyingi bwlinishiga tayyorgarchilik kwrganda ikkala endi ona tsentriolalar atrofida satellitlar ywqolib fibrillyar galolar paydo bwladi va ikkala tsentriolalar atrofida mikronaychalar wsa boshlaydi. Bwlinmayotgan xujayralarda tsentriolalar tsitoplazma mikronaychalarini va kiprikchalar mikronaychalarini xosil qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling