Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Pergamin – neft bitumlari ishlatiladigan karton asosida tayyorlanadigan 
tombop о‘ramli materaldir. Pergaminning ruberioddan farqi shundaki, u qoplama 
bitum qatlami va sepmaga ega bо‘lmaydi. 
Pergamin polotnosining eni ruberoidniki singari bо‘lib, u о‘ram yuzasi 20 
yoki 40 m
2
. pergamin ruberoid kaynok mastikalarga yotqizilganda uning ostiga 
kuyiladigan taglik material sifatida, shuningdek bugdan izolyatsiyalash uchun 
ishlatiladi. 
Tombop qatronli materiallar – tombop kartonni toshkо‘mir yoki slanets 
qatronlari bilan shimdirib va qoplab bir yoki sepib tayyorlanadi.sepiladigan 
materialning turiga va vazifasiga qarab tombop qatronli matreriallar yirik donador 
sepmali tolga, qum sepmali tol va gidroizolyatsion tolga bо‘linadi .
Tolning eni 1000, 1025 va 1050 mm, yuzasi 10 m
2
о‘ramlarda ishlab 
chiqariladi.Yirik donador sepmali tol nishab tomlarga yopiladigan gilam shaklli 


95 
tolning ustki qatlamini qaynoq qatronli mastikalarda ishlash yо‘li bilan 
qо‘llaniladi. Tol polotnasining ikkala tomonida qiyin eriydigan qatronli 
maxsulotlarning qatlami bо‘lishi kerak, bundan tashqari, bir tomonida yirik 
donador sepma, ikkinchi tomonida esa mayda tuyilgan mineral modda sepilagan 
bо‘lishi kerak. 
Qum sepmali tol uzoq chidamliligi tufayli vaqtinchalik inshootlarning 
tomini yopish uchun mо‘ljallangan. Tayyorlanayotganda polotnoning ikkala 
tomoniga singdiriladigan tarkibli qoplama parda kvars qum qatlami yuritiladi. 
Qoplama pardali gidroizolyatsion tol qurilish konstruksiyalari va tomga 
yopiladigan gilam shaklli yopmaning pastki qatlamlarini suv va bugdan 
izolyatsiyalash uchun ishlatiladi. Bu tol tombop kartonni toshkо‘mir yoki slanets 
qatronli materiallar bilan singdirib, keyin esa ikkala tomoniga mayda donador 
mineral sepib tayyorlanadi. 
Qatron-bitumli о‘ramli materiallar – tombop kartonni qatron maxsulotlariga 
shimdirib va keyin ikkala tomoniga neft bitumi qoplab tayyorlanadi. Qatron 
bitumli materiallar о‘ramining umumiy yuzasi 20 m
2
ga teng. Gudro-kamli 
materiallar tombop kartonni ikkala tomondan shimdirib va gudrokam (toshkо‘mir 
moylari va neft gidronining birgalikda oksidlanish maxsuloti) qoplash yо‘li bilan 
olinadi. Qatron bitumli va gidrokamli materiallar kо‘p qatlamli yassi tomlar va 
yopishtirma gidroizolyatsiya uchun ishlatiladi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling