Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

 
 
 
7.2. Bitum va qatron asosida tayyorlanadigan materiallar 


93 
Organik bog‘lovchi moddalar asosida qorishmalar va betonlar tayyorlanadi. 
Ularni nomi ishlatiladigan bog‘lovchi turiga mos keladi.
Asfalt qorishmasi – bitumli bog‘lovchining qum bilan aralashmasidir. 
Qorishmadagi bitumning umumiy miQdori odatda 9-11 % bо‘ladi. Asfalt
qorishmalari qurilishda trotuarlar, sanoat binolari va omborlarning pollarini 
qoplash uchun, yassi tomlar qilish, plitali va parketli pollar uchun asos sifatida 
keng 
kо‘lamda 
ishlatiladi. 
Asfalt 
qorishmasi 
yotqiziladigan 
joyga 
avtosamosvallarda tashiladi va zichlangan quruq asosga 2 – 3 qatlam qilib 
yotqiziladi, keyin qorishma dastaki tekislagichlar bilan tekislanadi yoki mexanik 
katoklar yordamida zichlanadi. Bitum soviganda qorishma qotadi. 
Asfalt beton – bitum, mineral kukun, qum va yirik tо‘ldirgich (maydalangan 
tosh yoki shag‘al) dan iborat aralashmani zichlash natijasida olinadigan sun’iy 
materialdir. Asfaltbeton tarkibini saralashda asfaltbetonning talab etilgan 
mustahkamligi va tegishli issiqka chidamliligini ta’minlash uchun bitum markasi 
va bog‘lovchi hamda mayda tuyilgan mineral qо‘shimchalar nisbati 
tanlanadi.Asfaltbeton tarkibidagi bitumning umumiy miqdori massasi bо‘yicha 5-
6% ni tashkil etadi. Yirik tо‘ldirgich sifatida kо‘pincha yirikligi 10-40 mm bо‘lgan 
mayda toshlardan foydalaniladi. 
Asfalt betonning afzalliklari – transport о‘tishi uchun zarur bо‘lgan 
qarshilikni ta’minlaydigan yuqori mexanik mustahkamligi, elastiko-plastik 
deformatsiyaalana olishi, qoplamalarda tekis sirt hosil bо‘lishi va oson 
tozalanuvchanligidir. 
Asfalt betonlari issiq va sovuq holatda yotqiziladigan turlarga bо‘linadi . 
Issiq asfaltbeton aralashmalarini tayyorlash uchun oldindan quritilgan va 
180-200
0
S gacha qizdirilgan mayda qum va maydalangan tosh eritilgan bitumli 
aralashtirgichga yuklanadi va yaxshilab qoriladi. Tayyor issiq aralashmalar qurilish 
joyiga avtosamosvallarda tashiladi hamda yotqizilgandan keyin о‘zi yurar katoklar 
vositasida zichlab tekislanadi. 
Sovuq holatda yotqiziladigan asfaltbeton aralashmalari suyuq bitumlar 
asosida tayyorlanadi. Bunday asfaltbeton aralashmalar yotqizilgandan keyin suyuq 
bitumlar bog‘lanadigan tashkil etuvchilarining bug‘lanishi natijasida bir necha kun 
davomida qotadi.Sovuq asfaltbetonlarning narxi issiqlayin yotqiziladigan 
asfaltbetonlarning narxiga nisbatan ancha past, lekin ular uncha chidamli emas. 
Asfaltbeton avtomabil yо‘llari, kо‘chalar, sanoat sexlari, omborlar, saqlash 
joylari va yordamchi xonalarning pollarini qoplash uchun ishlatiladi. 
Qatronli 
qorishmalar 
va 
betonlarni 
olish 
texnologiyasi 
asfalt 
materiallarnikiga о‘xshashdir. Ularni tayyorlash uchun bog‘lovchi sifatida 
toshkо‘mir qatroni (yoki pek) ning mayda tuyilgan mineral kukun bilan 
aralashmasidan foydalaniladi. Lekin qatronli qorishmalar va betonlarning suv 
ta’siriga, yeyilishiga, issiQga chidamliligi va mustahkamligi asfalt qorishma va 
betonlarnikiga nisbatan past bо‘ladi, shu sababli ular qurilishda ikkinchi darajali 
yо‘llarni qoplash uchun ishlatiladi. 


94 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling