Мавзу: Металлар технологияси асослари


Murakkab qorishma tarkibini hisoblash, qorishmaga sarf bо‘ladigan


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Murakkab qorishma tarkibini hisoblash, qorishmaga sarf bо‘ladigan 
materiallar miqdorini aniqlash 
Murakkab qurilish qorishmasi tarkibini tanlash deganda, qorishma 
tayyorlash uchun kerak bо‘ladigan materiallar (sement, mineral va sirtqi-faol
qо‘yimchalar, suv hamda qum) ning о‘zaro nisbatini tо‘g‘ri tanlash tushuniladi. 
Nisbatlar tо‘g‘ri tanlansa, talab qilinadigan darajada yoyiluvchan va belgilangan 
Statsionar qorishma qorgich


88 
muddatda zarur mustahkamlikka erishadigan qorishma hosil bо‘ladi. Murakkab 
qorishmaning tarkibi odatda uning talab qilingan markasiga, sementning faolligi va 
qorishmaning yoyiluvchanlik darajasiga qarab tanlanadi. Dastlab qorishmaning 
taxminiy tarkibi hisoblab chiqariladi, sо‘ngra namuna-qorishma tayyorlash yо‘li 
bilan suv sarfi aniqlanadi. 
Murakkab qorishmaning tarkibini hisoblash. Murakkab qorishmaning 
tarkibini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlarni bilish kerak: qorishmaning 
markasi R
qor
, yoyiluvchanlik darajasi, sementning faollik darajasi Rs, tо‘kma 
zichligi r
t
, mineral qо‘shimchaning turi, mineral qо‘shimcha xamirining zichligi. 
Dastlab zarur markada qorishma hosil qilish uchun 1 m
3
qumga qancha 
sement qо‘shish kerakligi hisoblab chiqariladi, sо‘ngra qorishma qolipiga qulay 
joylashadigan va qatlamlanmaydigan bо‘lishi uchun unga qancha mineral 
qо‘shimcha qо‘shish kerakligi (ohak yoki gil hamirining miqdori), taxminiy suv 
sarfi aniqlanadi. 
1 m
3
qumga aralashtiriladigan tо‘kma-bо‘sh holatdagi sement sarfi (kg) 
quyidagi ifoda yordamida topiladi: 
Qs
 
R
kor 
CH1000  KRs
bu yerda R
kor 
-qorishmaning belgilangan markasi, 0,1 MPa; Rs
 
- DAST ga 
muvofiq, plastik qorishmadan tayyorlangan namunalarni sinashda sementning 
faolligi (qorishmaga portlandsement ishlatilganda Kq1; qorishmaga pussolan 
sement yoki toshqolli portlandsement ishlatilganda Kq0,88). 

m
3
qumga sarflanadigan sement, m
3
;
Vs
 
Qs
 
/ r


bu yerda r
t
– tо‘kilgan-bо‘sh holatdagi sementning zichligi, kgG‘m
3
; r
t
q1100 
kgG‘m
3
; deb qabul qilinadi. 
1 m
3
qumga sarflanadigan ohak yoki gil xamiri massasi, kg; 
Qkush =Vkush Chrkush 
1 m
3
qumga sarflanadigan ohak yoki gil xamiri hajmi, m
3

V
kush 
= 0,17(1- 0,02Qs
 
). 
Ohak xamirining zichligi 1400 kgG‘m
3
, 5% qum aralash plastik loy (gil 
xamiri) ning zichligi - 1300 kgG‘m
3
, 15% gacha qum aralashgan о‘rtacha plastik 
loyning zichligi esa 1450 kgG‘m
3
deb qabul qilinadi. 
Amalda ohak suti ishlatiladi, uni nasos yordamida osonlikcha quyish 
mumkin. Ohak suti meyorini shunday belgilash kerakki, undagi (zichligi 1200 
kgG‘m
3
) ohak miqdori 25 % ni tashkil etsin. 
Murakkab qorishma tarkibidagi materiallarning hajmiy nisbatini aniqlash 
uchun har bir material sarfini sement hajmiga taqsimlash kerak: 
Vs Vkush : 1 = 1: Vkush : 1 CH 


89 
Vs Vs Vs 
Vs Vs 
Zarur darajada yoyiluvchan qorishma hosil bо‘lishi uchun har 1 m
3
qumga 
qо‘shilaodigan taxminiy suv miqdori: 
= 0,5(Qs
 
Qs
 
Chr
kush
); 
bu yerda Qs va Q
qо‘sh
- 1 m
3
qumga tо‘g‘ri keladigan sement, ohak yoki loy 
(gil) sarfi, kg; r
t
anorganik qо‘shimchaning zichligi, kg/l. 
Hisoblab chiqarilgan suv sarfiga namuna-qorishma tayyorlash yо‘li bilan 
aniqlik kiritiladi. 
Namuna-qorishma tayyorlash. Qorishma tayyorlash uchun kerak bо‘ladigan 
materiallar sarfi yuqorida kо‘rsatilgan ifodalar yordamida hisoblab chiqarilgandan 
sо‘ng 5 l hajmida namuna-qorishma tayyorlanadi. Buning uchun talab qilinadigan 
materillar yuqoridagi hisoblarga asoslanib, torozida alohida-alohida tortiladi. 
Tog‘aradagi qumga sement qо‘shilib, kurakcha yordamida yaxshilab 
aralashtiriladi, sо‘ngra unga ohak xamiri (yoki loy) qо‘shiladi, yaxshilab 
qorishtirilganidan keyin zarur miqdorda suv quyiladi va aralashma 3-5 minut 
davomida kavlab turiladi. 
Qorishmaning yoyiluvchanligiga standart konusning chо‘kish darajasiga 
qarab baho beriladi. Konusning haqiqiy chо‘kish darajasi belgilangan meyordan 
farq qilsa, qorishmaning tarkibi keragicha о‘zgartiriladi. Masalan, beton konus 
belgilangan darajadan kо‘p chо‘ksa, qorishmada qum miqdorini namunaga 
sarflangan qum miqdorining 5-10 %iga, konus belgilangan darajadan kam chо‘ksa, 
suv miqdorini namunaga sariflangan suv miqdorining 5-10 %iga kо‘paytirish 
kerak; shu tarzda hosil qilingan qorishma 5 minut davomida aralashtirilgandan 
keyin yoyiluvchanligi yana tekshiriladi, zarur bо‘lsa, qorishma tarkibiga yana 
о‘zgartish kiritiladi, talab qilingan darajada yoyiluvchan qorishma hosil bо‘lgunga 
qadar uning tarkibi shu tarzda о‘zgartirilaveradi. 
Kо‘ngildagidek qorishma hosil bо‘lgach, undan 70,7
ґ 70,7ґ 70,7 mm 
о‘lchamli kub namunalar tayyorlanadi. 28 kun quritilgan kub-namunalarni sinash 
natijalariga asoslanib, qorishmaning markasi va uning loyihalangan markaga 
mosligi aniqlanadi.28 kunlik kub-namuna о‘rniga 7 yoki 14 kunlik namunani 
sinovdan о‘tkazsa ham bо‘ladi. Bu holda olingan natijalarni 28 kunlik kub-
namunaning 
markasiga 
aylantirib 
hisoblash, 
buning 
uchun 
quyidagi 
ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi: 
Kub-namunaning 
quritilish 
muddati, kun 


1

2

6

9

Qorishmaning mustahkamligi,% 
3

5

8
0
1
00
1
20
1
30 
Bu ma’lumotlar portlandsement, toshqolli portlandsement yoki pussolan 
portlandsement qо‘shilgan qorishmalarga ta’luqlidir. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling