Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Pardozlash qorishmalari
Pardozlash qorishmalari ikki asosiy turga: odatdagi suvoq qorishmalari va manzara berish qorishmalariga bо‘linadi. Ishlatilish sohasiga qarab suvoq qorishmalari tashqi suvoq va ichki suvoq qorishmalariga bо‘linadi. Suvoq qorishmalari sementlar, sement-ohak, ohak, ohak- gips va gips bog‘lovchilar asosida tayyorlanadi. Suvoq qorishmalarining tarkibi ularning vazifalari va binolardan foydalanish sharoitlariga qarab belgilanadi. Suvoq qorishmalari zarur darajada suriluvchan bо‘lishi, asos bilan yaxshi bog‘lanishi va suvoqda darzlar bо‘lmasligi kerak. Suvoq qorishmalarining suriluvchanligi standart konusni botirish chuqurligi bilan aniqlanadi va suvoq qatlami uchun ishlatiladigan qumning yirikligi turlicha bо‘ladi. Mexanizatsiyalashtirilgan usulda suvashda tayyorlash qatlami uchun qorishma suriluvchanligi 6-10 sm ni, qо‘l bilan suvashda esa 8-12 sm ni tashkil qiladi. Bunda eng yirik qum 2,5 mm dan katta bо‘lmasligi kerak. Pardozlash qatlami qorishmalarining suriluvchanligi odatda 8-12 sm bо‘ladi. Ular eng yirik donasi 1,25 mm bо‘lgan mayda qumdan tayyorlanadi. Xonalar havosining nisbiy namligi 60 % gacha bо‘lganda binolar ichki devorlari va oraliq yopmalarini suvash uchun ohakli, gipsli, ohak-gipsli va sement- ohakli qorishmalardan foydalaniladi. Binolarning tashqi devorlarini suvash uchun sementohakli qorishmalar ishlatiladi. Devorlarning muntazam ravishda namlanadigan poypeshlari, belbog‘lari, karnizlar va boshqa uchastkalarining tashqi yuzalarini suvash uchun portlandsemet asosida tayyorlanadigan sement va sement ohakli qorishmalar ishlatiladi. Manzarali rangli qorishmalar devor panellari va yirik bloklarning sirtqi yuzalarini zavodning о‘zida pardozlash uchun, shuningdek bino fasadlarini pardozlash va jamoat binolari ichini pardozlash uchun mо‘ljallangan. Manzarali qorimalarda bog‘lovchi sifatida oq, rangli va odatdagi portlandsementlar, binolar ichini rangdor qilib suvash uchun esa ohak va gips ishlatiladi. Toza kvars qum va granit, marmar, harsangtosh, ohaktosh va boshqa rangli va oq tog‘ jinslarini maydalab olingan qum rangli dekorativ qorishmalarda tо‘ldiruvchi bо‘lib xizmat qiladi. Pardozlash qatlami qorishmasining tarkibiga uncha katta bо‘lmagan miqdorda slyuda, vermikulit yoki maydalangan shisha kiritiladi. Bо‘yovchilar sifatida ishqorga chidamli va yorug‘ga chidamli tabiiy va sun’iy pigmentlar 86 (temirli surik, oxra, mо‘miyo ul’tramarin va boshqalar) ishlatiladi. Devor panellari va yirik devor bloklarining о‘ng yuzalarini pardozlash, shuningdek binolar fasadini suvash uchun ishlatiladigan manzarali qorishmalar temir-beton panellarni pardozlash uchun siqilishga mustahkamligi bо‘yicha kamida 150 markaga va yengil betonlardan tayyolangan panellarni pardozlash hamda binolarning fasadlarini suvash uchun 50 markaga ega bо‘lishlari kerak. Manzarali qorishmalarning sovuqqa chidamlilik markasi kamida SCH 35 bо‘lishi kerak. Qorishmalarning suv shimib olishi 8 % dan oshmasligi kerak. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling