Мавзу: Металлар технологияси асослари
G‘isht -tosh terish va tayyor temir-beton qurilmalardan yig‘iladigan
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
G‘isht -tosh terish va tayyor temir-beton qurilmalardan yig‘iladigan
binolarni о‘rnatish uchun qorishmalar G‘isht-toshdan terilgan va butunlay tayyor temir-beton qurilmalardan yig‘ilgan binolarning mustahkamligi, yaxlitliligi va chidamliligi ma’lum darajada ishlatiladigan qorishma sifatiga bog‘liq bо‘ladi. G‘isht-tosh terish va о‘rnatish ishlarining har xil turlari uchun qorishmalarning markasi, turi va tarkibi mustahkamligiga qо‘yiladigan talablar, qurilmalar hususiyati va foydalanish sharoitlarini hisobga olib belgilanadi. Hozirgi vaqtda fuqaro va sanoat qurilishida kо‘proq 10, 25,50, 75 va 100 markali qurilish qorishmalari ishlatiladi. Bino tashqi devorlarini g‘ishtdan terish uchun asosan sement-ohak va sement-loy qorishmalarining minimal markalari devorlarning turi, tuproqning 83 namlik xarakteristikalari va qurilmalarning talab etilgan chidamliligiga qarab 10 dan 50 gacha markali sement bо‘lgan aralashmalari ishlatiladi. Beton panel devorlarni о‘rnatishda gorizontal choklar og‘ir betondan qilingan panel uchun markasi kamida 100 va yengil betondan qilingan panellar uchun kamida 50 markali sement qorishmalari bilan tо‘ldiriladi. Yirik bloklar va panellardan qurilgan devorlarning gorizontal va tik choklari 50 markali qorishmalar bilan tо‘ldiriladi. Sinch-panelli turar joy binolarini qurishda choklar va uchma-uch tutashadigan joylarni mustahkam jipslash uchun 200 markali sement qorishmalari ishlatiladi. 50 va 75 markali sement qorishmalardan binoning yer osti qismini va suv himoya qatlamidan past qismini qurish uchun (bunda tuproq suvga tо‘yingan bо‘ladi), ya’ni yuqori mustahkam va suvga chidamli qorishma hosil qilish zarur bо‘lgan hollarda foydalaniladi. Devorlar uchun mо‘ljallangan qorishmalarning suriluvchanligi ularning vazifasi va yotqizish usuliga qarab quyidagicha qabul qilinadi: devorlarni faqat g‘ishtdan, beton toshlar va yengil tog‘ jinslaridan qilingan toshlardan qurish uchun 9-13 sm, devorlarni ichi bо‘sh g‘ishtdan yoki sopol toshlardan terish uchun 7-8 sm, devorlarni beton bloklar va panellardan о‘rnatishda gorizontal choklarni tо‘ldirish uchun 5-7 sm, harsang toshlardan terish uchun 4-6sm, undagi bо‘shliqlarni qorishma quyib tо‘ldirish uchun 13-15 sm. Devorlarni quruq va g‘ovakli materiallardan qurish uchun suriluvchanligi yuqori qorishmalar, nam va zich materiallardan qurish uchun esa suriluvchanligi kichik qorishmalar ishlatiladi. Qurilish qorishmalarining tarkiblari, odatda tayyor jadvallardan tanlanadi, hosil qilingan qorishmalarning sifati esa tajribada sinab tekshiriladi. 11-jadvalda keltirilgan qorishmalar tarkibi quyidagicha tanlangan: zichligi 1100 kgG‘m 3 bо‘lgan 200-500 markali sementlar, standart talablarini qoniqtiradigan tabiiy namligi 1-3 % li yumshoq tо‘kilma holatdagi qum, zichligi 1400 kg/m 3 bо‘lgan IInavli ohak. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling