Мавзу: Металлар технологияси асослари
G‘isht -tosh terish va butunlay tayyor temir-beton qurilmalar
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
4.
G‘isht -tosh terish va butunlay tayyor temir-beton qurilmalar yig‘iladigan binolarni о‘rnatish uchun qorishmalar. 5. Pardozlash va maxsus qorishmalar. 6. Qorishmalarni tayyorlash va tashish. 7. Murakkab qorishma tarkibini hisoblash, qorishmaga sarf bо‘ladigan materiallar miqdorini aniqlash . Tayanch sо‘z va iboralar: Qurilish qorishmasi; g‘isht-tosh terish, suvoq va maxsus qurilish qorishmalari; aralash qorishmalari; kimyoviy qо‘shilmalar; yotqiziluvchanligi, suriluvchanlik darajasi, suvni ushlab turish qobiliyati; mustaxkamlik va sovuqqa chidamlilik. Qurilishbop qorishma deb, bog‘lovchi moddalar, suv, mayda tо‘ldirgich (qum) va zarur bо‘lgan hollarda turli qо‘shimchalar (mineral, yuza-faol, kimyoviy va boshqa qо‘shilmalar) ning tо‘g‘ri tanlangan aralashmasining qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materialga aytiladi. Bu materiallarning qotishga qadar aralashmasi qarishma aralashmasi deb ataladi. О‘zining tarkibiga kо‘ra qurilish qorishmasi mayda donador beton hisoblanadi va u betonga xos bо‘lgan qonuniyatlarga asosan qotish xususiyatiga egadir. Qurilish qorishmalari xilma-xilligi bilan ajralib turadi, zichligi, bog‘lovchining turi va vazifasiga qarab guruxlarga bо‘linishi mumkin. Quruq holatdagi zichligiga kо‘ra qorishmalar zichligi 1500 kgG‘m 3 va bundan ortiq og‘ir (ularni tayyorlash uchun og‘ir kvars yoki boshqa qumlar ishlatiladi) hamda zichligi 1500 kg/m 3 dan kichik bо‘lgan yengil (pemzadan, tufdan, shlaklar, keramzit va boshqa yengil materiallardan tayyorlangan yengil g‘ovak qumlar ularning tо‘ldirgichlari hisoblanadi) qorishmalarga bо‘linadi. Bog‘lovchi modda turiga kо‘ra qurilish qorishmalari sementli (portlndsement yoki uning xillari): ohakli (havoda quritilgan yoki gidravlik - ohaklar): gipsli (gipsli bog‘lovchi moddalar - qurilish gipsi, angidritli bog‘lovchilar asosida): aralash (sement ohakli, sement-loyli, ohak-gipsli bog‘lovchi asosida) qorishmalarga bо‘linadi. Bitta bog‘lovchi asosida tayyorlangan qorishmalar oddiy, bir nechta bog‘lovchilardan tayyorlangan qorishmalar aralash yoki murakkab qorishma deb ataladi. Bog‘lovchilar qorishmaning vazifasi, unga qо‘yiladigan talablar, qotish harorati namlik rejimi hamda bino va inshootlardan foydalanish sharoitlariga qarab tanlanadi. 80 Vazifasiga kо‘ra qurilish qorishmalari g‘isht-tosh terish va yirik о‘lchamli elementlardan devorlarni о‘rnatuv qilish uchun ishlatiladigan terish; suvash, devor bloklari va panellariga manzarali qatlam qoplash uchun foydalaniladigan pardozlash; alohida xususiyatlarga ega bо‘lgan (namdan himoyalash, akustik, rentgen nuridan himoyalaydigan va hokazo) maxsus qorishmalarga bо‘linadi. Oddiy qorishmalar uchun portlandsementlar, pussolanli portlandsementlar, shlakoportlandsementlar va maxsus past markali sementlar, masalan, 200 markali qumli portlandsement, shuningdek ohak va gips bog‘lovchi bо‘lib xizmat qiladi. Gidravlik bog‘lovchilarni tejash va qurilish qorishmalarining texnologik xossalarini yaxshilash uchun aralash bog‘lovchilar keng qо‘llaniladi. Ohak qurilish qorishmalarida ohak xamiri yoki suti kо‘rinishida ishlatiladi. Gipsdan asosan suvoq qorishmalarida ohakka qо‘shimcha sifatida foydalaniladi. Qorishmalar qoriladigan suv tarkibida bog‘lovchi moddani qotishiga zararli ta’sir kо‘rsatadigan aralashmalar bо‘lmasligi kerak. Qorishmalarni qorish uchun quvur suvi yaroqli hisoblanadi. Og‘ir qurilish qorishmalari uchun mayda tо‘ldirgich sifatida tabiiy qumlar va dala shpati, tabiiy qumlar, shuningdek zich tog‘ jinslarini maydalab olingan qumlar, yengil qorishmalar uchun pemza, tuf, shlak qumlari ishlatiladi. Qum donasining eng katta о‘lchami 2,5 mm dan katta bо‘lmasligi kerak. Qum tarkibida loyqalanish bilan aniqlanadigan loy, balchiq va changsimon zarrachalar 10 % dan ortiq bо‘lmasligi kerak. Shu vaqtning о‘zida, agar qum tarkibida organik aralashmalar bо‘lmasa, u terish qorishmalari uchun yaroqli deb topiladi. Qorishma aralashmalarining qulay tо‘shalishi uchun ular tarkibiga plastifikatsiyalovchi qо‘shimchalar kiritiladi. Sement va ohak qorishmalarida mineral plastifikatsiyalovchi qо‘shimcha sifatida loy suti yoki mayda tuyilgan kukun kо‘rinishidagi loydan foydalaniladi. Bundan tashqari qorishmalarga shu maqsadlarning о‘zida mayda tuyilgan gidravlik qо‘shimchalar - trepel, vulqon kuli va boshqalar kiritiladi. Organik plastifikatorlar sifatida SDB, sovunli suv (PMSH), milonaft va boshqalar qо‘llaniladi. Qishki sharoitlarda qо‘llash uchun mо‘ljallangan qorishmalar tarkibiga qotishni tezlatgichlar, shuningdek suvning muzlash haroratini pasaytiruvchi qо‘shimchalar (kalsiy xloridi, natriy xloridi, potash, natriy nitrati va boshqalar) kiritiladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling