Мавзу: Металлар технологияси асослари


Qorishma aralashmalarining xossalari, oson yotqizuvchanligi


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Qorishma aralashmalarining xossalari, oson yotqizuvchanligi, 
suriluvchanligi, suv saqlab qolish hususiyatlari 
Qurilish qorishmalari mayda donali beton hisoblanadi, shu sababli 
betonlarga о‘xshash qurilish qorishmalarning xossalarini о‘rganishdan oldin 
endigina tayyorlangan qorishma aralashmalarning xossalarini kо‘rib chiqish lozim. 
Qorishma aralashmalarining xossalari. Qorishma aralashmalarining 
asosiy xossasi uning oson yotqizuvchanlagidir. Oson yotqizuvchanlik deganda 
qorishmaning yuzada bir jinsligi yupqa qatlam bо‘lib qо‘yilish hususiyati 
tushuniladi. Aralashmalarning asosan yotqiziluvchanligi ularning suriluvchanlik 
darajasiga va suvni saqlab turish hususiyatiga bog‘liq bо‘ladi. 


81 
Qorishma aralashmasining suriluvchanligi deb uni tosh yuzasi bо‘ylab 
yupqa qatlam bо‘lib oson yoyilishi va asosdagi barcha notekisliklarni tо‘ldirish 
hususiyatiga aytiladi. 
Qorishma aralashmasining suruluvchanlik darajasi uchining burchagi 30
0
va 
balandligi 15 sm li massasi 300 gr standart konus yordamida (45-rasm) aniqlanadi. 
Konus uchi bilan qorishma aralashmasiga botiriladi. Uning bо‘rtish chuqurligi 
qancha katta bо‘lsa, qorishma aralashmasining suriluvchanligi shunchalik yuqori 
bо‘ladi. Suriluvchanlik kо‘rsatgichi sifatida konusni botish chuqurligi (sm 
hisobida) qabul qilinadi. 
Aralashmaning suriluvchanlik darajasi qorish suvi miqdoriga, dastlabki 
material-larning tarkibi va xossalariga bog‘liq 
bо‘ladi. 
Qorishma aralashmalarining 
suriluvchanligini oshirish uchun ularning tarkibiga 
plastifika-siyalovchi
mineral 
qо‘shilmalar, 
shuningdek yuza-faol moddalar kiritiladi. 
Plastifika-siyalovchi 
qо‘shimchalar 
suv 
va 
sementni 
kam 
sarflagan 
holda 
qorishma 
aralashmasining talab etilgan suriluvchanligiga 
erishishga, ya’ni mustahkamligi
katta 
qorishmalar olishga
yoki 
sementni 
tejashga imkon beradi. 
Yozgi va qishki sharoitlarda aralash-maning 
ish suriluvchanligi uning vazifasiga va devor 
materialining turiga qarab qabul qilinadi. 
Suv saqlab qolish hususiyati deb, qorishma 
aralashmasining uni g‘ovakli asosga yotqizganda 
suvni saqlab qolish va tashish jarayonida 
qatlamlanmaslik xossasiga ayti-ladi. Qorishma aralashmasi yaxshi suv saqlab 
qolish hususiyatiga ega bо‘lgan holda suvning qisman sо‘rib olinishi qurishda 
qorishma aralashmasini zichlaydi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling