Мавзу: Металлар технологияси асослари
Temir-beton qurilmalarining sifatini nazorat qilish
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temir-beton buyumlarni tashish va omborga joylash
Temir-beton qurilmalarining sifatini nazorat qilish
Tayyor temir-beton qurilmalarning sifati ularni qabul qilish jarayonida zavod TN (texnik nazorat bо‘limi)ning xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Buyumlar guruhlarga bо‘linadi, har bir guruh tegishli standartda nazarda tutilgan buyumlar miqdorini о‘z ichiga oladi. Buyumlar sifatini nazorat qilishda tashqi kо‘rinishi shakli, chiziq о‘lchamlari, himoya qatlamining qalinligi, armaturalar va qismlarning joylashishi, betonning haqiqiy mustahkamligi va uning loyihaga muvofiqligi, shuningdek, zarur bо‘lganda beton zichligini (devor qurilmalari uchun) aniqlanadi. Har bir buyum guruhidan tanlab olingan nazorat namunalarning mustahkamlikka, bikrlikka va darz ketishga turg‘unligi sinab kо‘riladi. Tegishli standart yoki TSH (texnik shartlar) talablarni qoniqtiradigan har bir buyum trafret yordamida yuvib ketkazib bо‘lmaydigan bо‘yoq bilan markalanadi. Markada: buyumning pasport raqami, buyum indeksi (tipi), tayyorlovchi zavod markasi, ayrim hollarda esa tayyorlash sanasi ham kо‘rsatiladi. Buyumning har qaysi guruhiga ikki nusxada pasport tuziladi, ulardan bittasi iste’molchiga beriladi, ikkinchisi esa zavod tayyorlovchida qoladi. Temir-beton buyumlarni tashish va omborga joylash Yig‘ma temir-beton buyumlar zavod - tayyorlovchidan tiklash joyiga odatda avtomobil transporti vositasida tashiladi. Bunda massasi va о‘lchami uncha katta bо‘lmagan buyumlar (plitalar, bloklar, zinapoya supalari va marshlari) yuk avtomobillarida tashiladi; yirik о‘lchamli va og‘ir buyumlar (ustun va boshqa shu kabilar)- tirkamali shataklarda; devor panellari - yarim tirkamali panel tashigichlarda tashiladi. Buyumlarni avtomashinadan tushirish oldindan qurilish tashkilotining vakili (kо‘pincha ish bajaruvchi yoki usta) buyumni qabul qilib oladi. Bunda u tashqi kо‘rinishi bо‘yicha buyumning butunligi, kirim va chiqim xujjatiga qо‘shib yuboriladigan tegishli pasportini va buyumlarda zavod TN chisining burchak 78 tamg‘asi borligini tekshiradi. Buyumlar tushirilayotganda har bir yirik buyum (kо‘tarib turuvchi konstruktiv elementlar va detallar) kо‘zdan kechiriladi, darz, qiyshiq va boshqa nuqsonlar yо‘qligi tekshiriladi. Mayda (kо‘tarib turmaydigan) detallar tanlab kо‘zdan kechiriladi. Obyekt qoshidagi ombolardagi temir-beton buyumlarni shunday yotqizib taxlash kerakki, bunda ularning zavod markalarini о‘tish joyi yoki о‘tish yо‘li tomonidan bemalol kо‘rish mumkin bо‘lsin, tiklash ilmoqlari esa yuqoriga qaragan bо‘lsin. Bir tomonlama armirovka qilingan temir-beton plitalarni taxlashga alohida ahamiyat beriladi. Bunday buyumlarda uchburchak belgi bо‘lib, uning uchi buyumning ish vaziyatdagi ust tomonini kо‘rsatadi.Devor panellari va yirik panel tо‘siqlar tik vaziyatda tashiladi va maxsus metall kassetalarda, tik yoki qiya (10-12 0 chegaralarda) vaziyatda tayanch bruslarga о‘rnatiladigan piramidalarda saqlanadi. Oraliq yopma yassi panellar qiya vaziyatda(tikga nisbatan 8-12 0 burchak ostida) tashiladi va omborga joylanadi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling