Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Maxsus qorishmalar
Qurilishda ishlatiladigan maxsus qorishmalarga namdan himoyalash, inyeksion, akustik va rentgen nuridan himoyalovchi qorishmalar kiradi. Namdan himoyalash qorishmalaridan suyuq mahsulotlar uchun mо‘ljallangan har xil sig‘imlarning yuzalarini pardozlash, yertо‘la devorlari va boshqalarni pardozlashda foydalaniladi. Ular portlandsement, sulfatga chidamli portlandsement va suv о‘tkazmaydigan kengayuvchi sement asosida tayyorlanadi. Namdan himoyalash suvoq uchun qorishmalarning taxminiy tarkibi 1:2,5 yoki 1:3,5 (sement:qum massasi bо‘yicha). Bu qorishmalarning suv о‘tkazmovchanligini oshirish uchun tayyorlash jarayonida ularning tarkibiga har xil zichlovchi qо‘shimchalar (natriy alyuminati, xlorli temir, bitum emulsiyasi, lateks va boshqalar) kiritiladi. Inyeksion qorishmalar oldindan taranglangan qurilmalarda armaturani zanglashdan himoyalash maqsadida kanallarni tо‘ldirish uchun xizmat qiladilar. Ular mayda qum asosida tayyorlangan sement-qum qorishmasi kо‘rinishida yoki sement xamiri kо‘rinishida bо‘lishlari mumkin. Bog‘lovchi sifatida 400 markali va undan yuqori portlandsementdan foydalaniladi. Ularning sarfi 1 m sement-qum qorishmasi uchun 1100-1400 kg va 1 mm sement xamiri uchun 1300-1600 kg bо‘lishi kerak. Inyeksion qorishma markasi kamida 300 bо‘lishi kerak. Qorishma aralashmasining qovushoqligini kamaytirish uchun uning tarkibiga sirt- faol moddalardan (SDB va milonaft) sement massasi bо‘yicha ortig‘i bilan 0,2 % miqdorda qо‘shiladi. Akustik qorishmalar tovush yutuvchi suvoqlar hosil qilish uchun ishlatiladi. Bog‘lovchilar sifatida portlandsement, shlakoportlandsement, ohak, gips yoki ularning aralashmasidan foydalaniladi. G‘ovakli yengil materiallardan: pemza, perlit, keramzit va boshqalardan tayyorlangan 3-5 mm yiriklikdagi bitta fraksiyali qumlar tо‘ldirgichlar bо‘lib xizmat qiladi. Bog‘lovchi miqdori va tо‘ldirgichning donador tarkibi akustik qorishmalarda qorishmalarning tutashmagan ochiq g‘ovakliligini va 600-1200 kgG‘m 3 zichlikni ta’minlashi kerak. Rentgen nurlaridan himoyalaydigan qorishmalar bilan rentgen xonalarining devorlari va shiplari suvaladi. Ular porlandsement yoki shlakoporlandsementdan va donalari ortig‘i bilan 1,25 mm bо‘lgan barit qumdan tayyorlanadi. Himoyalash xossalarini oshirish uchun ularning tarkibida yengil elementlar: liti, kadmiy va boshqalar bо‘lgan moddalar kiritish tavsiya qilinadi. Rentgen nurlaridan himoyalovchi qorishmalarning zichligi odatda 2200 kg/m 3 dan ortiq bо‘lmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling