Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

 
 
 
О‘z-о‘zini tekshirish uchun savollar: 


90 
1. 
Qurilishbop qorishmalarning turlari, sinflarini sanab о‘ting. 
2. 
Qorishma aralashmalarining qanday xossalarini bilasiz. 
3. 
Qurilish qorishmalarining mustahkamligi nimaga bag‘liq. 
4. 
Qurilish qorishmasining sovuqqa chidamliligi oshirish yullari. 
5. 
G‘isht -tosh terish va butunlay tayyor temir-beton qurilmalar 
yig‘iladigan binolarni о‘rnatish uchun qanday qorishmalar ishlatiladi. 
6. 
Pardozlash qorishmalari tarkibini aytib о‘ting. 
7. 
Maxsus qorishmalar qanday tayyorlanadi. 
8. 
Qorishmalarni tayyorlash va tashish usullari. 
 
 
 
9-MAVZU ORGANIK BOG‘LOVCHILAR VA ULAR ASOSIDA 
TAYYORLANADIGAN MATERIALLAR 
 
Reja: 
 
9.1. Bitumli va qatronli bog‘lovchilar 
 
9.2. Bitum va qatron asosida tayyorlanadigan materiallar 
9.3. Gidroizolyatsiya materiallari 
9.1. Bitumli va qatronli bog‘lovchilar 
Organik bog‘lovchi moddalar guruxi bitumli va qatronli bog‘lovchilardan 
iborat bо‘lib, yuqori molekulali uglevodorodlardan va ularning nometall 
birikmalaridan tashkil topgan. Ushbu bog‘lovchilar qizdirilganida yumshaydi 
(suyuqlanadi) va sovitilganda о‘zining boshlangich qovushqoqligini tiklaydi. 
Bitumli bog‘lovchilar. Bitumli bog‘lovchilar – uglevodorod-larning 
oltingugurt, kislorod, azot bilan birikmalaridir. Dastlabki xomashyoga qarab ular 
tabiiy va sun’iy neft bitumlariga bо‘linadi. 
Tabiiy bitumlar – qora yoki tо‘q-jigarrangdagi qattiq moddalar yoki 
qovushqoq suyuqlik bо‘lib, tabiatda sof kо‘rinishda yoki chо‘kindi tog‘ jinslari 
(oxaktoshlar, qumtoshlar) ga shimilgan holatda uchraydi. Bundan kо‘p ming yillar 
muqaddam neft yer qobig‘ining ustki qatlamlariga kо‘tarilib, tog‘ jinslarini 
tо‘yintirgan, sо‘ngra bug‘lanuvchi moddalar asta-sekin bug‘lanib ketishi natijasida 
tabiiy bitum hosil bо‘lgan. Tarkibida 5% dan 20% gacha tabiiy bitum bо‘lgan 
asfalt –tog‘ jinslarini qaynoq suv yoki organik erituvchilar bilan ishlab olinadi. 
Qizdirilganda tabiiy bitum sekin-asta yumshaydi, sovitilganda esa qotadi. 
Tabiiy bitum suvda erimaydi, lekin uglerod sulfid, benzol, xloroform, skipidar va 
boshqa organik erituvchilarda oson eriydi. 
Qurilishda tabiiy bitum tanqis va narxi yuqori bо‘lganligi tufayli asosan 
bitum laklarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. 
Mayda kukun kо‘rinishidagi asfalt jinslaridan asfalt mastikasi va asfalt 
betonlarini olish uchun foydalaniladi. 


91 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling