Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10- Mavzu: Metallar texnologiyasi asoslari Reja: 1. Metallar haqida umumiy ma’lumotlar, ulvrning mexanik,fizik
- 5.Qora va rangli metallar ishlab chiqarishdagi metallurgiyaviy protsesslar, metallurgiyaviy yoqilg‘i va о‘ta chidamli materiallar
- Yarim fabrikat
97 Nazorat savollari 1. Bitumli bog‘lovchilarning tarkibi va xomashyo turi bо‘yicha turlarini eslang. 2. Tabiiy bitumlarning hosil bо‘lishi va qо‘llanilish soxalarini eslang. 3. Neft bitumlarining о‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 4. Bitumlarning qovushqoqligi, yumshash va о‘t olish xarorati, chо‘ziluvchanligi deganda nimalarni tushunasiz va ular qanday usullar yordamida aniqlanadi? 5. Qatronli bog‘lovchilarning tarkibi, turlari va qо‘llanilish soxalarini eslang. 6. Asfalt qorishmasi va asfalt betonning olinish texnologiyasi va qо‘llanilish soxalari xaqida qanday tushunchalarga egasiz? 7. Shimdirish usuli bо‘yicha о‘ramli tombop materiallar qanday turlarga bо‘linadi? 8. Ruberoid deganda qanday materialni tushunasiz? 9. Pergamin deganda qanday materialni tushunasiz? 10. Tombop qatronli materiallarning tarkibi va qо‘llani-lishi xaqida qanday tushunchalarga egasiz? 11. Gidroizolyatsiya materialarining о‘ziga xos xususiyatlari va turlarini eslang. 10- Mavzu: Metallar texnologiyasi asoslari Reja: 1. Metallar haqida umumiy ma’lumotlar, ulvrning mexanik,fizik, kimyoviy va texnologik xossalari. 2. Metallarning tarkibi va tuzilishi. 3. Metallarning birlamchi krsitallanishi. 4. Metallarning xossalari. 5.Qora va rangli metallar ishlab chiqarishdagi metallurgiyaviy protsesslar, metallurgiyaviy yoqilg‘i va о‘ta chidamli materiallar Inson о‘z faoliyatida moddalarni ishlab chiqarish mahsuloti deb qaraydi. Moddalar aslida materialning ma’lum bir barqaror massaga ega bо‘lgan bо‘lagidir. Ana shunday moddiy dunyoni texnikada «ashyo» yoki «material» deb atash qabul qilingan. Demak, materiallar mehnat jarayonining mahsuli bо‘lib, undan insoniyat о‘z talablarini qondiradigan buyumlar yasashda foydalanadi. Materiallar ishlab chiqarishda birlamchi vosita hisoblanadi. Material bо‘lmasa sanoat jarayonlari ham bо‘lmaydi. Masalan, mis (material) ishlab chiqarish uchun rudalar (mis rudalari) qazib olinishi kerak. Xom ashyo materiallarini olish uchun ham mehnat sarflanadi, ya’ni rudalar qazib olinib, qayta ishlash uchun ruda boyitiladigan kombinatlarga yuboriladi. Sо‘ng boyitilgan rudalardan mis olinadi. Misdan esa turli xil buyumlar ishlab chiqariladi. Mis olish uchun ruda xom ashyo material bо‘lsa, buyum ishlab chiqarishda misning о‘zi xom ashyo material hisoblanadi. 98 Mehnat jarayoni shuni kо‘rsatadiki, sifat jihatidan barcha xom ashyolarni ikki turga bо‘lish mumkin. Birlamchi xom ashyo yoki birinchi bor materialni hosil qilish uchun ishlatiladigan modda. Lekin, ana shu birlamchi materialni hosil qilish uchun hamma vaqt ham tanlangan xom ashyo 100% sarflanmaydi, ya’ni uning ma’lum qismi chiqindiga aylanishi mumkin. Ana shu chiqindilar ham boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo, ya’ni ikkilamchi xom ashyo bо‘lishi mumkin. Masalan, yog‘ochning qayta ishlanishidan chiqqan qirindi (ikkilamchi xom ashyo) mebel sanoatida ishlatiladi. Buyumlar ishlab chiqarish uchun materiallar bilan bir qatorda yarim fabrikatlar ham ishlatilishi mumkin. Yarim fabrikat deganda qayta ishlangan, lekin hali tayyor buyum holiga keltirilmagan material tushuniladi. Buyum olish uchun material, ya’ni yarim fabrikatni qayta ishlash yana davom ettirilishi kerak. Demak, bir ishlab chiqarishda tayyorlangan material (mahsulot) boshqa ishlab chiqarish uchun yarim fabrikat hisoblanadi. Mashina detallari, mexanizmlar va asboblar tayerlash uchun ishlatiladigan metallarga konstruksion yoki mashinasozlik metallari deb ataladi. Barcha metallar va qotishmalar ikki guruhga bо‘linadi: qora va rangli metallar. Qora metallarga temir va uning qotishmalari (chuyanlar va pо‘latlar), rangli metallarga esa qolganlari kiradi. Metallar о‘ziga xos xossalarga ega: yaltiroqlik, elektr tokini va issiqlikni yaxshi о‘tkazish va x.k. Bunday metallar jumlasiga, avvalambor, temir, mis, alyuminiy va boshqalarni kiritish mumkin. Xrom, marganets, surma kabi metallar о‘ta mо‘rt va qattiq bо‘lganligi sababli mashinasozlikda sof holatda deyarli ishlatilmaydi. Asosiy konstruksion metallarning bosim ostida va kesib ishlanuvchanlik xossalari yuqori bо‘lishi maqsadga muvofiq. Murakkab shaklli buyumlar tayerlashda metallarning plastiklik, qolipga qо‘yilish va payvandlanuvchanlik kabi xossalari muhim sanaladi, shuningdek ularning tannarxi ham arzon bо‘lishi kerak. Bunday talablarga temir,mis, alyuminiy, magniy, rux, qо‘rg‘oshin, qisman, qalay va nikel kabi metallar javob beradi. Halq hо‘jaligining turli sohalarida, shu jumladan, qurilishda ham metallar keng kо‘lamda ishlatiladi. Masalan, sanoat va fuqaro binolarining sinchlarini, kо‘priklarning qulochli qurilmalarini barpo etishda pо‘lat prokatdan, temir-betonda esa pо‘lat armaturadan foydalaniladi; pо‘lat va chо‘yan quvurlar, tomga yopiladigan tunuka va boshqa metall buyumlar ham qо‘llaniladi. Buning uchun metallarning qator muhim texnik xossalari qulaylik beradi. Metallarning bu xossalari ularning boshqa qurilish metallaridan afzalliklarini kо‘rsatadi, jumladan yuqori mustahkam va bosim ostida plastik ishlov beriladi (prokatka qilinadi, shtamplanadi va boshqalar). Afzalliklari bilan bir qatorda metallarning muhim kamchiliklari ham bor: nihoyatda zich, turli gaz va nam ta’sir qilganda kuchli zanglaydi, yuqori haroratlarda esa ancha shakli о‘zgaradi. Metallar ikkita asosiy guruhga: qora va rangli metallarga bо‘linadi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling