Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Qora metallar temirning uglerod bilan qotishmasidan iboratdir. Bundan
tashqari, ularning tarkibida oz yoki kо‘p miqdorda boshqa kimyoviy elementlar 99 (kremniy, marganets, oltingugut, fosfor) ham bо‘lishi mumkin. Qora metallga xos bо‘lgan xususiyatlar berish uchun ularning tarkibiga yaxshilovchi yoki legirlovchi qо‘shimchalar (nikel, xrom, mis va boshqalar) kiritiladi. Tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab qora metallar chо‘yanlar va pо‘latlarga bо‘linadi. Chо‘yan – tarkibida 2-4,3% uglerod bо‘lgan temir uglerodli qotishmadir. Vazifasiga qarab chо‘yanlar quyiluvchan, qayta ishlanadigan va maxsus chо‘yanlarga bо‘linadi. Quyiluvchan chо‘yanlar turli qurilish detallarini quyish uchun qо‘llaniladi. Qayta ishlanadigan chо‘yanlardan pо‘lat ishlab chiqarish uchun, maxsus chо‘yanlardan esa pо‘lat va maxsus ishlarga mо‘ljallangan chо‘yan quymalarini ishlab chiqarishda qо‘shimcha sifatida foydalaniladi. CHо‘yan tarkibida marganets, kremniy, fosfor, shuningdek legirlovchi qо‘shimchalar-nikel, xrom, magniy va boshqalar bо‘lishi tufayli chо‘yan yuqori mexanik xossalarga ega bо‘ladi va olovbardosh hamda zanglashga bardoshli bо‘ladi. Nikel, xrom magniy va boshqa elementlar qо‘shilgan chо‘yanlar legirlangan chо‘yanlar deb ataladi. Yuqori mustahkam chо‘yanlar suyuq chо‘yanni Si,Ca va boshqa qо‘shilmalar bilan modifikatsiyalab olinadi. Pо‘lat – tarkibida uglerod miqdori 2% gacha bо‘lgan temir bilan uglerodning bog‘lanuvchan qotishmasidir. Olish usuliga qarab, pо‘latlar, marten, konvertor va elektr pо‘latlariga bо‘linadi. Qotishma tarkibiga kiradigan kimyoviy elementlarga qarab pо‘latlar kimyoviy tarkibi bо‘yicha uglerodli va legirlangan bо‘ladi. Uglerodli pо‘latlar temir bilan uglerod va marganets, kremniy, oltingugut va fosfor aralashmalari qotishmalaridan iborat. Turli usullarda olingan uglerodli pо‘latning qotishiga kо‘ra sokin, yarim sokin va qaynaydigan pо‘latlarga bо‘lish qabul qilingan. Legirlangan deb, tarkibida legirlovchi qо‘shimchalar (nikel, xrom, volfram, molibden, mis, alyuminiy va boshqalar) mavjud bо‘lgan pо‘latga aytiladi. Tarkibiga kiritilgan legirlovchi qо‘shilmalarga qarab pо‘lat xrom-marganetsli, marganets-nikel-misli pо‘lat va hokazolar deb aytiladi. Bundan tashqari, tarkibidagi jami qо‘shilmalarga kо‘ra pо‘latlar kam legirlangan (tarkibidagi legirlovchi qо‘shilmalar miqdori 2,5% gacha bо‘lgan), о‘rtacha legirlangan (tarkibidagi legirlovchi qо‘shilmalar miqdori 2,5 dan 10% gacha bо‘lgan) va kо‘p legirlangan (tarkibidagi legirlovchi qо‘shilmalar 10% dan ortiq) pо‘latlarga bо‘linadi. Vazifasiga kо‘ra pо‘latlar quyidagi guruxlarga bо‘linadi: konstruksion pо‘latlar, bular turli qurilish qurilmalari va mashinalar detallarini tayyorlash uchun ishlatiladi; maxsus pо‘latlar – bular yuqori olovbardosh va yeyilishga chidamli, shuningdek zanglashga chidamliligi bilan tavsiflanadi; nihoyat, asbobsozlik pо‘latlari va hokazo. Sifatiga kо‘ra pо‘latlar, odatda, oddiy, sifatli, yuqori sifatli va alohida yuqori sifatli pо‘latlarga bо‘linadi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling