Мавзу: Металлар технологияси асослари


Ba’zi metallarning elemantar katakcha о‘lchamlari


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Ba’zi metallarning elemantar katakcha о‘lchamlari 
Atom 
katakchaning turi 
Metallar
Elementar panjara qirralari 
о‘lchami, nm (1 nm = 10
-9
sm) 
K6 
Fe 
a=b=c; a=0,28606 
K8 
Cr 
a=b=c; a=0,28788 
K12 
Ni 
a=b=c; a=0,35165 
G12 
Ti
 
a=0,2951; c=0,4679; 
c/a=1,5873 


102 
Kristall panjara xususiyatini belgilaydigan ya’na bir muhim о‘lcham - 
bu har bir elementar katakchaga tо‘g‘ri keladigan atomlar soni. Masalan, K8 
kristall panjara tugunchlarida 8 ta atom bо‘lib, bu atomlarning har biri 8 ta yana 
shunaqa elementar katakchaga tegishlidir (fazoda). Demak, har bir katakchaga bir 
atomgina tо‘g‘ri keladi. Lekin K8 yacheykaning markazida turgan atom shu 
elementar katakchaning о‘zigagina tegishli ekanini hisobga olsak, har bir 
elementar kristall katakchaga tо‘g‘ri keladigan atomlar soni 2 ga teng bо‘ladi.
Real kristallarning tuzilishi. Kristall panjara nuqsonlari. Keyingi 
yillarda elektron mikroskop va rentgen analizlari real kristallarning tuzilishida turli 
nuqsonlar mavjud bо‘lishini kо‘rsatdi. Bu nuqsonlar uch guruhga - nuqtaviy
chiziqli va sirt nuqsonlarga bо‘linadi. 
Nuqtaviy nuqsonlarga vakansiyalar, ya’ni kristall panjaraning bо‘sh joylari 
va oraliq atomlar - tugunlar oralig‘iga siljigan atomlar kiradi (1-rasm). Bu nuqson 
metallarda diffuzion jarayonlarning kechishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chiziqli nuqsonlarning eng muhim turi – dislokatsiyalardir (2-rasm).
Metallning atomlar siljigan (sirpangan) sohasi bilan atomlar siljimagan sohasi 
orasidagi chegara dislokatsiya deb ataladi. 
Dislokatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri uning zichligidir. Kristallning 
1sm
2
yuzasini kesib о‘tgan dislokatsiyalar soniga dislokatsiya zichligi deyiladi. 
Juda sekin kristallanayotgan jismlarning dislokatsiya zichligi 10
2
...10
4
sm
-2 
ga teng. 
Muvozanatdagi polikristallarning dislokatsiya zichligi 10
6
...10
7
sm
-2
ga yetadi Juda 
katta plastik deformatsiyaa natijasida dislokatsiya zichligi 10
8
...10
12
sm
-2
ga yetishi 
mumkin. 
Kristall jismdagi dislokatsiya panjaraning qiyshayishiga sabab bо‘ladi. 
Tashqi kuch ta’sirini kritik qiymatdan oshirish metallda darz hosil bо‘lishiga sabab 
bо‘ladi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling