Мавзу: Металлар технологияси асослари
Qora va rangli metallar ishlab chiqarishdagi metallurgiyaviy
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metall ishlab chiqarishdagi metallurgiyaviy jarayonlar.
- Metallurgiyaviy yoqilg‘ilar.
10.5. Qora va rangli metallar ishlab chiqarishdagi metallurgiyaviy
protsesslar, metallurgiyaviy yoqilg‘i va о‘ta chidamli materiallar Metall ishlab chiqarish ishlari kishilarga eramizdan bir necha asrlar avval ma’lum bо‘lsa-da, sanoat miqyosida chо‘yan ishlab chiqaruvchi domna pechlari XIV asrning о‘rtalaridagina yaratildi. Metall ishlab chiqarishdagi metallurgiyaviy jarayonlar. Tabiatdagi hamma metallar (kimyoviy turg‘unlari, ya’ni oltin, kumush, platinadan tashqari) turli birikmalar (oksidlar) kо‘rinishida tog‘ jinislarida uchraydi. Metallurgiya korxonalarda metall va uning qotishmalari ana shu murakkab birikmalardan ajratib olinadi. Bu maqsadda sanoatga quyidagi usullardan foydalaniladi: 1. PirometallurgiY. Bu usulda metall ishlab chiqarish uchun zarur issiqlik yoqilg‘ini yondirish hisobiga olinadi. 2. ElektrrometallurgiY. Bu usulga metall ishlab chiqarish uchun zarur issiqlik elektr energiyasi hisobiga olinadi. 3. GidrometallurgiY. Bu usulda rо‘da tarkibidagi metall avval erituvchiga о‘tkazilib, keyin ulardan ajratib olinadi. 4. Kimyoviy metallurgiya usuli. Bu usulda metall kimyoviy va metallurgiyaviy jarayonlar yordamida olinadi. Metallurgiyaviy yoqilg‘ilar. Metallurgiyada asosiy yoqilg‘i sifatida koksdan, mazutdan, tabiiy gaz, domna va koks gazlaridan foydaliniladi. 108 Koks. Kokslanuvchi sifatli toshkо‘mirni maydalab, maxsus pechlarda 1000- 1100 0 S haroratda 10-15 soat davomida havosiz qizdirish (piroliz) natijasida olingan qattiq, g‘ovak massa koks deb ataladi. Hozirgi zamon koks ishlab chiqaruvchi maxsus pechlarning hajmi 18-20 m 3 bо‘lib, bо‘yi 50-70 m li bir necha kamerasi bо‘ladi. Bu kameralarning har biri 10-15 soatda 12-16 t koks beradi Metallurgiyaviy kokslarda о‘rtacha 85-90 uglerod, 0,5-2 oltingugurt, 0,04 gacha fosfor, 1 ga yaqin ajraluvchi gazlar, 10-13 kul va 5 gacha namlik bо‘ladi. Koksning issiqlik chiqarish xususiyati 6500-7500 kkal kg (27-31 Mj kg), alangalanish harorati 700 0 S ga yaqin, maydalanishga qarshiligi 100-1400 kg sm 2 , g‘ovakligi esa 45 - 55. Koksdan, asosan, domna pechlari va vagrankalarda chо‘yan ishlab chiqarishda yoqilg‘i sifatida foydalanalidi. Keyingi yillarda kokslanuchi kо‘mirlarga kokslanmaydigan kо‘mir qо‘shib koks olish usuli ishlab chiqilgan. Mazut neftni qayta ishlashda hosil bо‘lgan suyuq qoldiq bо‘lib, undan marten va boshqa pechlarni qizdirishda yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Mazut yonganda kо‘p miqdorda issiqlik chiqarishi (8500-10500 kkal kg), kul ajratmasligi va yonishini oson rostlash mumkinligi uning xarakterli kо‘rsatkichlariga kiradi. Tabiiy gaz. Bu gaz yonganda yuqori kaloriyali issiqlik beruvchi arzon yoqilg‘i bо‘lib, uning asosiy qismi metan (CH 4 ) dir. Boku va Saratov gazlarining tarkibini о‘rganish ularda 92-CH 4 ; 2-CO 2 ; 4-C 4 H 4 ; 0,34-H 2 O va 2-N 2 borligini kо‘rsatadi. 1m 3 tabiiy gaz yonganda 8000 kkal (34Mj m 3 ) issiqlik chiqadi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling