Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Folgoizol – pastki tomondan bitumli ximoya tarkibi bilan qoplangan taram
–taram yoki silliq yupqa folgadan qilingan ikki qatlamli о‘ramli materialdir. Folgoizol polotnosining eni 960 mm, umumiy yuzasi 10 m 2 bо‘lgan о‘ramlarda chiQariladi. Folgoizolning tashqi yuzasi atmosfera ta’siriga chidamli loklar yoki bо‘yoqlar bilan bо‘yalgan bо‘lishi mumkin. Folgoizol – suv о‘tkazmaydigan va puxta material, ekspluatatsiya qilish davrida qarov talab qilmaydi. Folga qaytarish xususiyatiga ega bо‘lgani uchun undan yopilgan tomni quyosh nurlaridan qizish xarorati shunga о‘xshash qora rangli tomlarning xaroratidan past bо‘ladi. U ishlov berishga mos, egiluvchan, yaxshi kesiladi va mix bilan qoqiladi. Vazifasiga qarab folgoizol gidroizolyatsion va tombop bо‘lishi mumkin. Gidroizolyatsion folgoizoldan truboprovodlar issiqlik izolyatsiyasining ximoya gidroizolyatsiya qatlamini yasash, tom yopmalari choklarini germetizatsiyalash uchun foydalaniladi. Tombop folgoizol qiyaligi va konfiguratsiyasi turlicha bо‘lgan tomlarning ustki qatlamini qosil qilishga mо‘ljallangan. Metalloizol – ikkala tomondan neft bitumi bilan qoplangan alyuminiy folgadan iborat о‘ramli materialdir. Metalloizol yuzasi 5 m 2 о‘ramlarda chiqariladi. Bu material uzilishga juda chidamli, yaxshi egiladi, hamda puxta. Metalloizol yer osti inshootlarining yuqori darajada mustaxkamlik talablari qо‘yiladigan yelimlanadigan gidroizolyatsiyasi uchun xizmat qiladi. Shishaizol – о‘ramli material bо‘lib, shisha tolali holat yuzasiga bitum – rezinali mastikani ikkala tomondan yuritish yо‘li bilan olinadi. Shishaizol bino va inshootlar yuk kо‘taruvchi konstruksiyalarining yelimlanadigan gidroizolyatsiyasi uchun, shuningdek yassi tomlarni yopishda ishlatiladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling