Мавзу: Металлар технологияси асослари


Temir-beton buyumlarni ishlab chiqarish usullari


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Temir-beton buyumlarni ishlab chiqarish usullari 
Hozirgi kundagi yig‘ma temir-beton korxonalarida quyidagi ishlab 
chiqarish usullari qо‘llaniladi: stend, agregat-potok, konveyer va uzluksiz 
vibroprokat usullari va hokazo. 


74 
Kasseta moslamasi
Stend usulida ishlab chiqarishda temir-beton buyumlar qо‘zg‘almas 
qoliplarda tayyorlanadi, texnologik mexanizmi va agregatlari esa postdan postga 
siljiydi va har qaysi postda tegishli operatsiyalar ketma-ket bajariladi. 
Temir-beton buyumlar yassi stendlar yoki matritsalarda tayyorlanadi. 
Qoliplangan qurilmalar ular qoliplanadigan joyda qotadi. Qotishi tezlashtirish 
uchun stend yoki matritsa korpusiga quvurlar joylanadi, ulardan issiq suv yoki 
bug‘ о‘tkaziladi, bundan tashqari, qurilmani elektr vositasida istishdan 
foydalaniladi. 
Stend usulida odatda yirik gabaritli buyumlar, masalan, og‘ir ustunli 
tо‘sinlar, fermalar, asosan, oldindan taranglangan armaturali kо‘prik qurilmalari 
qoliplanadi. Lekin bu usul katta ishlab chiqarish maydonlarini talab qiladi. Stend 
texnologiyasida katta mablag‘lar sarf qilmasdan qisqa muddatda ishlab chiqarishni 
tashkil etish mumkinligi, shuningdek, ishlatiladigan asbob-uskunalarning soddaligi 
ijobiy hisoblanadi, shu sababli stend usulidan tajriba maydonlarida, shuningdek, 
zavod sharoitlarida foydalaniladi. 
Kasseta usuli - yirik panelli uysozlik uchun temir - beton buyumlari ishlab 
chiqarishda keng rivojlangan stend texnologiyasining sifati jihatidan yangi usuldir. 
Kasseta usulida ishlab chiqarishning asosiy xususiyati bir necha metall qoliplardan 
bо‘linmalardan (42-rasm) iborat statsionar kasseta moslamalarida buyumlarni tik 
qoliplash hisoblanadi. Har qaysi bо‘linmaga armatura sinchi joylanadi va keyin u 
beton qorishmasi bilan tо‘ldiriladi. Qorishma osma yoki chuqurlik titratkichlarida 
zichlanadi. 
Kasseta qoliplarda buyumlarni issiqlik vositasida ishlash uchun ularni 
issiqlik bо‘lmalarining devorlari orqali kontakt usulida isitishdan foydalanilgan. 
Bо‘lmalarga harorati 100
0
S ga yaqin bug‘ beriladi. Bu xilda issiqlik bilan ishlov 
berishning о‘ziga xos xususiyatlari - isitiladigan buyumni, havo muhitidan qariyb 
tо‘la izolyatsiyalanishi, shuningdek, beton bilan issiqlik tashigich orasida bug‘ 
almashinishni mustasnoligidir. Kasseta qoliplarda buyumlarga issiqlik bilan ishlov 
berish rejimlari buyumlarda harorat 85-95
0
S gacha kо‘tarilishi bilan 
xarakterlanadi. Bu ishning umumiy davom etishi 6-10 soat. Issiqlik bilan ishlov 
berish tugagandan keyin kasseta qurilmasi bо‘linmalarining devorlari gidravlik 
domkratlar yordamida bir oz keriladi va buyum kо‘prik kran bilan bо‘lmadan 
chiqarib olinadi va sovutiladigan joyga 
yoki tayyor mahsulot omboriga olib 
boriladi. 
Kasseta usulida kо‘tarib turuvchi 
ichki devor panellari, yopmalar paneli, 
zinapoya marshlari va supalari, balkon
plitalari va boshqa
temir-beton 
buyumlar 
tayyorlanadi. 
Temir-
beton buyumlar ishlab chiqarishning 
kasseta 
usuli 
oldin 
kо‘rib 
о‘tilgan 
usullarga nisbatan ancha yuqori mehnat 
unumdorligini ta’minlaydi,
kichik 


75 
ishlab
chiqarish maydonlarini kam talab etadi, bug‘ va elektr energiyasi kam 
sarflanadi. 
Potok-agregat 
usulida
ishlab chiqarishda qoliplanadigan
temir-
beton buyumlr
potok bо‘ylab
bitta texnologik postdan
boshqasiga 
transport
vositalari yordamida siljitiladi. Ish xarakteriga muvofiq har qaysi 
postda statsionar uskunalar-kо‘pchilik hollarda alohida texnologik operatsiyalarni 
bajaradigan agregatlar о‘rnatiladi. Odatda potok liniyada qolipni olish, qoliplarni 
tayyorlash, armaturani yotqizish va taranglash, qoliplash, betonni tez qotirish, 
nazorat qilish va tayyor maxsulotni meyoriga yetkazish postlari mavjud. Turli 
postlarda ishlarni bajarish vaqti turlicha bо‘lib, 2-5 minutdan 6-10 soatgacha 
boradi. Barcha agregatlarni ish bilan bir tekis ta’minlash va texnologik davrning 
umumiy davomiyligini qisqartirish uchun operatsiyalar juda uzoq davom etadigan 
postlarni ikkitadan qilish nazarda tutiladi. 
Potok - agregat usuli bо‘yicha tashkil etilgan ishlab chiqarish uchun juda 
keng ishlab chiqarish maydonlari, kapital sarflar va vaqt talab etiladi. Potok-
agregat usulining ijobiy hususiyatlari shundan iboratki, u nisbatan murakkab 
bо‘lmagan texnologik asbob-uskunalarning mavjudligi, shuningdek, ishlab 
chiqarishning moslanuvchanligidir(asbob-uskunalarni qayta sozlash yо‘li bilan 
buyumlarning bitta turini tayyorlashdan boshqasini tayyorlashga о‘tishga imkon). 
Konveyer usulida ishlab chiqarishda taglik aravachalarda qoliplanadigan 
temirbeton buyumlar berilgan majburiy ritmli texnologik potok bо‘yicha siljiydi. 
Bu usul ishlab chiqarish jarayonini har biri alohida postda bajariladigan alohida 
operatsiyalarga maksimal bо‘lib-bо‘lib yuborilishi bilan xarakterlanadi. Postlar 
sonini va texnologik uskunalarni tanlashda ularda operatsiyalarning bajarilish 
davomiyligi iloji boricha bir xil bо‘lishiga intilish kerak. 
Harakat turiga qarab konveyerlar pulsatsiyalanadigan (aravachali) va 
uzluksiz (zanjirli) bо‘lishi mumkin. Pulsatsiyalanadigan konveyerda buyumlar 
bitta postdan boshqasiga qat’iy aniq vaqt oralig‘idan keyin suriladi. Bu vaqt 
oralig‘ida har bir postda bajarilishi kerak bо‘lgan operatsiyalar bajarilib tugatiladi. 
Uzluksiz konveyerda buyumlar bir postdan boshqasiga о‘zgarmas tezlikda о‘tadi. 
Postlar tо‘xtamasdan ishlaydigan uskunalar bilan jihozlangan. 
Konveyer barcha postlarga zarur bо‘lgan detal va yarim fabrikatlarni: 
armatura sinchlari, beton qorishmasi, 
qorishmalar, qoplash plitkalari va shunga 
о‘xshashlarni yetkazib beradi. Buyumlarni 
issiq 
nam 
bilan 
ishlash 
kameralari 
qoliplash liniyalariga parallel о‘rnatiladi. 
Uskunalar va taglik- aravachalarga 
juda kо‘p 
metall sarflanishi tufayli 
konveyer texnologiyasi buyumlarning 
uncha kо‘p bо‘lmagan turini chiqaradigan 
katta quvvatli zavodlarda tashkil
etilishi mumkin. 


76 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling