Мавзу: Металлар технологияси асослари
Muxandislik inshootlari uchun buyumlar
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli maqsadlarda ishlatiladigan buyumlar
- Temir-beton buyumlar ishlab chiqarish
Muxandislik inshootlari uchun buyumlar
Yig‘ma temir-beton buyumlardan transport, qishloq xо‘jalik va boshqa qurilishlarda keng foydalaniladi. Transport qurilishi buyumlari turli xilligi bilan xarakterlanadi. Ularga kо‘priklarning yig‘ma temir-beton qurilmalari, katta diametrli quvurlar, elektrlashgan temir yо‘llar kontakt tarmoqlarining tayanchlari, shpallar, tyubing va boshqalar kiradi. Kо‘pchilik hollarda nomlari aytib о‘tilgan buyumlar M300 – M500 va bundan yuqori markali og‘ir betonlardan oldindan taranglangan armatura bilan tayyorlanadi. Betonga yuqori mustahkamlikdan tashqari sovuqqa va suvga chidamliligi va suv о‘tkazmovchanligi jihatdan yuqori talablar qо‘yiladi. Turli maqsadlarda ishlatiladigan buyumlar – temir-beton quvurlar, yig‘ma quduq va kollektorlar, lampalar osiladigan ustunlar, yig‘ma devor va boshqalardan iborat bо‘ladi. Temir-beton quvurlar bosimli va bosimsiz quvurlardan iborat bо‘ladi. Bosimsiz quvurlar tashqi suv oqava tarmoqlari va bosim tushmaydigan suv quvurlarini qurish uchun ishlatiladi. Quvurlarning diametri 300 – 2500 mm. Ular kamida M300 markali betondan tayyorlanadi, suv о‘tkazmovchanligi va yemirilishga chidamliligi jihatdan alohida talablar qо‘yiladi. M200 markali betondan tayyorlangan temirbeton quduqlardan oqib tushadigan suv uchun quvurlar qurishda foydalaniladi . 72 Temir-beton devorlarning tashqi kо‘rinishi yaxshi va puxta bо‘ladi. Devor elementlari M300 va bundan yuqori markali betonlardan tayyorlanadi, sovuqda turg‘unligi SCH 150-200. Temir-beton buyumlar ishlab chiqarish Temir - beton buyumlar texnologiyasi. Temir - beton buyumlarni ishlab chiqarish quyidagi asosiy texnologik jarayonlarni о‘z ichiga oladi: beton qorishma tayyorlash armaturani tayyorlash va buyumni armirovka qilish, qoliplash, issiq namda ishlov berish va buyumlarning yuza tomonini pardozlash. Beton qorishma tayyorlash. Beton qorishmasi odatda bevosita qoliplash sexi yaqinida joylashgan beton qorish korxonasida tayyorlanadi. Armatura tayyorlash. Payvand tо‘rlar va sinchlar kо‘rinishidagi odatdagi taranglanmagan armatura temir-beton buyumlari zavodlarining armatura korxonasida tayyorlanadi. Zavodga о‘ramlar yoki chiviqlarda keltiriladigan armatura maxsus uskunalarda metall zaklari va zanglardan tozalanadi, tо‘g‘rilanadi va kerakli uzunlikda qirqiladi. Sо‘ngra qirqilgan shu sterjenlarni uskunalarda egib talab etilgan shakl beriladi. Alohida sterjenlar kо‘p nuqtali payvandlash apparatlarida kontakt usulida payvandlab tо‘rlar va sinchlar tayyorlanadi. Tayyor armatura tо‘rlari va sinchlari zavodning qoliplash sexiga tashiladi, ular oldindan tayyorlab qо‘yilgan qoliplarga yotqiziladi.Alohida sterjenlar yoki dastalar kо‘rinishida taranglanadigan armatura qoliplash sexida stendlar va qoliplarda gidravlik domkratlar yordamida yoki elektrotermik usulda oldindan (betonlashga qadar) taranglanadi. Stendlar va metall qoliplar taranglangan armaturani mahkamlash uchun maxsus tirgaklarga ega. Armatura toki qolipga qо‘yilgan beton u armatura bilan puxta bog‘lanishini ta’minlaydigan ma’lum mustahkamlikka ega (20 MPa va undan ortiq) bо‘lmaguncha tarang holatda ushlab turiladi. Buyumlarni qoliplash. Temir-beton buyumlarni qoliplash jarayoni quyidagi asosiy operatsiyalardan iborat bо‘ladi: qoliplarni tozalash, yig‘ish va moylash, qolipga armatura yotqizish, qolipga beton qorishma quyish va uni zichlash. Temir-beton buyumlarning sifati kо‘p jihatdan qolip sifatiga, chunonchi uning о‘lchamlarining aniqligiga va bikrligiga bog‘liq bо‘ladi. Buyumlarni kо‘plab ishlab chiqarishda metall qoliplardan foydalaniladi. Qoliplar oldin tayyorlangan buyumlarning qotgan beton qoldiqlaridan tozalanadi, yig‘iladi, sо‘ngra esa buyum betonini qolip metaliga yopishib qolishiga tо‘sqinlik qiladigan turli emulsion tarkiblar bilan moylanadi. Beton qorishmasi beton quygichning qabul qilish bunkeriga keladi. Beton quygich betonni qolipga quyadi va tekislaydi. Beton qorishma turli usulda zichlash mumkin: titratishlab, vakuumlab, sentrifugalab, presslab, prokatga qilib, shibbalab va hokazo. Eng kо‘p tarqalgan usul titratishlab zichlash bо‘lib, bunda statsionar vibromaydonchalari, sirtqi va chuqurlik titratkichlaridan foydalaniladi. Vibro maydonchalarda zichlashda (bu usul boshgqa usullarga nisbatan kо‘p qо‘llaniladi) qolip vibromaydonchada о‘rnatiladi va beton qorishmasi maxsus mexanizmlar vositasida titratishlanadi va tez zichlanadi. Aralash titratishlashda, masalan , ostdan va ustdan yoki 73 titratishlashni keyinchalik vakuumlash (ortiqcha suvni beton qorishmasidan sо‘rib olinishiga va shu bilan birgalikda buyumlar betonining zichligi hamda mustahkamliigini oshirishga yordam beradi) bilan birga beton qorishmang yaxshi zichlanishiga erishiladi. Buyumlarni issiq-nam bilan ishlash. Beton qotishini tezlashtirish uchun endigina qoliplangan buyum issiq-nam bilan ishlanadi. Temir -beton zavodlarida betonni issiqnam vositasida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi: meyoriy bosim va 70100 0 S haroratda bug‘lash, 100 0 Sda kontakt usulida isitish, avtoklavlarda 174-190 0 S va 0,8-1,2 MPa (о‘ta kо‘p) bosimda bug‘lash, elektr vositasida ishlash va boshqalar. Eng kо‘p tarqalgan usul buyumlarni meyoriy bosimda bug‘lashdir. Buyumlar uzluksiz yoki ba’zan-ba’zan ishlaydigan kameralarda bug‘lanadi. Uzluksiz ishlaydigan kameralar tunneldan iborat bо‘lib, unga bir tomondan qoliplangan buyumlar vagonetkalarga uzluksiz kiritiladi, boshqa tomonidan esa betoni qotib bо‘lgan buyumlar chiqadi. Kamera bо‘ylab harakatlanish jarayonida buyumlar isitish zonasidan, izotermik qizdirish va sovitish zonalaridan о‘tadi. Har qaysi zonada talab etilgan harorat - namlik rejimi saqlab turiladi. Bunda 8-14 soat ichida buyum markasining taxminan 70 %iga teng mustahkamlikka ega bо‘ladi. Qoliplar yoki tagliklardagi qoliplangan buyumlar kran yordamida kameraga balandligi bо‘yicha bir necha qator qilib joylashtiriladi. Kameralar qopqoq bilan berkitiladi va quvur orqali asta bug‘ yuboriladi. Kamera harorati maksimal haroratgacha uzluksiz orta boradi, buyumlar esa butun qalinligi bо‘yicha isiydi. Sо‘ngra ma’lum vaqt ekzotermik saqlanadi, bundan keyin buyum asta-sekin sovutiladi. Bu holda buyumni bug‘lash vaqti 12-16 soat davom etadi. Bug‘lashda buyum avtoklavga joylashtiriladi. Avtoklav diametri 2-3,6 m, uzunligi 21 m gacha bо‘lgan, ikkala chetida olinadigan qopqog‘i bor pо‘lat silindrdan iborat. Avtoklav ichida butun uzunligi bо‘ylab tor izli yо‘l yotqizilgan. Bu yо‘lda buyumlar joylashtirilgan vagonetkalar yuradi. Avtoklavda tо‘yingan bug‘ bosimi 0,8-1,2 MPa (о‘ta kо‘p) yaratiladi, bunda buyumlarni bug‘lash harorati 174-190 0 S gacha kо‘tariladi. 8-10 soat davomida bug‘laganda yuqori darajada mustahkam va puxta buyum olinadi. Aralash ohak- qum va ohak-shlak bog‘lovchi asosida tayyorlangan buyumlar, shuningdek, tayyorlanayotganda portlandsementning 50% gacha qismi maydalangan kvars qumga almashtirilgan buyumlar avtoklavda ishlanadi. G‘ovak betonlardan buyumlar tayyorlashda avtoklavda ishlov berishdan ham keng foydalaniladi. Buyumlar betonning qotishini tezlashtiruvchi boshqa usullar orasida elektr vositasida isitish, infraqizil nurlar bilan isitish va boshqalarni aytish lozim. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling