Мавзу: Металлар технологияси асослари


Temir-beton buyumlarning turlari


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

7.2.Temir-beton buyumlarning turlari 
Hozirgi vaqtda beton va temir-beton buyumlar qurilishning barcha sohalarida 
qо‘llaniladi. Bu buyumlar vazifasi, beton turi, tuzilishi, armirovkalash usuli va 
boshqa xususiyatlariga kо‘ra turlanadi. 
Vazifasiga kо‘ra yig‘ma temir-beton buyumlar tо‘rtta asosiy guruhga 
bо‘linadi: 
turar joy va fuqaro binolari, sanoat binolari, muxandislik inshootlari va turli 
maqsadlarga mо‘ljallangan buyumlar va hokazo. 
Turar joy va fuqaro binolari uchun buyumlar. Turar joy va fuqaro 
binolarini qurishda yig‘ma temir-beton buyumlarning quyidagi turlaridan 
foydalaniladi: poydevorlar va binolarning yer osti qismlari uchun, binolarning 
sinchlari uchun, orayopmalar va qoplamalar uchun, yig‘ma zinapoyalar, devor 
bloklari va panellari uchun va boshqalar. 
Poydevorlar va binolarning yer osti qismlari uchun buyumlar. Poydevorlar 
va binolarning yer osti qismlarini barpo etish uchun poydevor bloklari, yertо‘la 
devorlarining bloklari, qoziqoyoqlar va boshqa buyumlar xizmat qiladilar. 
Poydevor bloklari (81-rasm) M200, M250 va M300 markali og‘ir 
betonlardan tayyorlanadi, ular yassi payvand tо‘rlar bilan armirovka qilinadi. 
Yertо‘la devorlarining yaxlit va ichi bо‘sh bloklari (32-rasmga qarang) 
M100 va 
M150 markali og‘ir betondan tо‘g‘riburchakli shaklda hamda quyidagi 
о‘lchamlarda tayyorlanadi: uzunligi 2,5 m gacha, qalinligi 500 mm gacha va 
balandligi 700 mm. Blokning chet tomonlarida yertо‘la devorlarini tiklashda 
qorishma bilan tо‘ldiriladigan tirqishlar qilinadi. Ichi bо‘sh bloklar yaxlit 
betonlarga qaraganda tejamliroq, chunki bunda beton kam talab qilinadi. 


67 
1-rasm. Yig‘ma temir-beton 
elementlaridan qilingan poydevor 
2-rasm. Yirik devor bloklari. 
Bino sinchlari uchun buyumlar. Turar joy va fuqaro binolarining sinchlari 
M200-M500 markali og‘ir betondan qilingan temir-beton ustunlar, sarrovlar va 
tо‘sinlar hamda boshqa elemenlardan barpo qilinadi. Ustunlar uzunligi binoning 
ikki qavati balandligiga teng qabul qilinadi. Ustunlar о‘zaro va sarrovlar hamda 
tо‘sinlar bilan quyma detallarni payvandlab biriktiriladi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling