Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

 
 
 
Nazorat savollari: 
1. 
Betonlarni turini aytib bering. 
2. 
Og‘ir beton tо‘ldirgichlarga qanday talablar qо‘yiladi? 
3. 
Beton qorishmang qulay quyiluvchanligi nima va u qanday usullar 
bilan aniqlanadi? 
4. 
Beton markasi nima? Og‘ir betonlar qanday markalarga bо‘linadi? 
5. 
Betonning asosiy xossalarini ayting va ta’riflab bering. 
6. 
Beton qorishma tayyorlash texnologiyasini qisqacha aytib bering. 
7. 
Beton qorishmasi qaysi maqsadda va qanday mexanizmlar yordamida 
zichlanadi? 
8. 
Quyilgan betonni parvarishlash nimadan iborat ? 
9. 
Qishda betonlash usullarini aytib bering. 
10. 
Og‘ir betonlarning maxsus turlarini ayting va qisqacha ta’riflab bering. 


62 
11. 
Yengil betonni tayyorlash uchun qanday g‘ovakli tо‘ldirgichlar 
ishlatiladi? 
12. 
G‘ovakli tо‘ldirgichlar asosida tayyorlanadigan yengil betonlarning 
asosiy xossalarini ta’riflab bering va ishlatilish sohasini kо‘rsating. 
13. 
Gazobetonning xossalari va vazifasi nimadan iborat? 
 
7-MAVZU: TEMIRBETON VA UNING TURLARI 
7.1. Temirbeton, uning turlari va qо‘llanilish sohalari. 
7.2.Temir-beton buyumlarning turlari. 
7.3. Temir-beton buyumlar ishlab chiqarish. 
7.4. Temir-beton buyumlarni tashish va omborga joylash. 
Tayanch tushunchalar: temirbeton, armatura. 
Temirbeton bugungi kunda qurilishda eng kо‘p ishlatiladigan materiallardan 
biridir. Chunki u о‘zining kо‘pga chidamliligi, yuqori mustahkamligi, tashqi muxit 
ta’sirlariga bardoshliligi va boshqa xususiyatlari bilan amaliyot talablariga kо‘proq 
javob beradi. Uni zavod sharoitida ham, kurilish maydonchasida ham tayyorlash 
mumkin. temirbeton massasining asosiy qismini (70...80%) maxalliy materiallar 
(qum, graviy yoki chaqiq tosh va suv) tashkil etadi.Zavod sharoitida temirbetondan 
plitalar, tо‘sinlar, ustunlar, fermalar, quvurlar, novlar, poydevorlar va shunga 
о‘xshash maxsulotlar kо‘plab ishlab chiqariladi va ular sanoatlashtirilgan qurilish 
ishlab chiqarishining asosini tashkil etadi. qismlarining shakli va о‘lchamlari 
unifikatsiyalashtirilmagan obyektlarda temirbeton bevosita qurilish maydonchasida 
tayyorlanadi. 
Temirbeton XIX asrning ikkinchi yarmida Fransiyada ixtiro qilingan. 1850-
yilda fransuz Lambo temirbetondan qayiq yasagan. Parijlik bog‘bon Monye esa 
undan gultuvaklar tayyorlagan va bu ixtirosi uchun 1867 -yilda birinchi patentni,
keyinroq tо‘sinlar, suv solinadigan idishlar singari temirbetonli maxsulotlar uchun 
boshqa patentlarni oladi. 1885 -yilda avstriyalik injener G. Vays Monyening 
patentlarini Germaniya va Avstriya uchun sotib oladi va temirbetonni о‘rganish 
bо‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtiradi. Bu tadqiqotlar natijalari asosida 
nemis injeneri M.Kenen temirbeton konstruksiyalarini xisoblashning nazariy 
asoslangan birinchi usulini taklif etadi (1886 y ) . Keyinchalik temirbeton
konstruksiyalarini loyixalash nazariyasi va amaliyoti Fransiyada F.Gennebik, 
Angliyada F.Dilkinson, Rossiyada N.A.Belelyubskiy, Y.G.Malyugi, A.F.Loleyt,
A.A.Gvozdev, V.I.Murashev, O.Y.Berg va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. 
О‘zbekistonda temirbeton asosan ikkinchi jaxon urushidan keyin qо‘llanila 
boshlandi. Bugungi kunda u nafaqat sanoat va gidrotexnika qurilishi uchun
shuningdek turar-joy, yо‘l-transport va qishlok xо‘jalik qurilishi uchun ham eng 
samarali va ishonchli material hisoblanadi. 


63 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling