Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Temirbetonning mohiyati. Beton va pо‘lat armaturadan tashkil topgan 
hamda kuch va ta’sirlarga ularning birgalikda ishlashi ta’minlanadigan kompleks 
qurilish materialiga temirbeton deyiladi. 
Ma’lumki beton siqilishga yaxshi, chо‘zilishga esa ancha sust (siqilishga 
nisbatan 10...20 baravar kam) qarshilik kо‘rsatadi. Pо‘lat armatura esa chо‘zilish va 
siqilishga juda yaxshi ishlaydi. Betonning chо‘zilishga qarshiligi juda kichik 
bо‘lganligi sababli, kesimi qisman yoki tо‘laligicha chо‘zilishga ishlaydigan 
konstruksiyalarni sof betondan tayyorlash imkoniyatlari cheklangan. Masalan,
egilishga ishlaydigan tо‘sinning betaraf о‘qdan quyida joylashgan chо‘ziladigan 
zonasida juda kichik yuklar, ba’zan xattoki о‘zining xususiy og‘irligi ta’sirida ham 
yoriqlar paydo bо‘ladi va ular tezda kengayib, tо‘sinning buzilishiga olib keladi 
Agar bu tо‘sinning chо‘ziladigan zonasi kesim yuzasining 1...2% mikdoridagi
pо‘lat armatura bilan ta’minlansa, konstruksiyaning yuk kо‘tarish qobiliyati 
10...20 baravar oshadi
Konstruksiyalarning siqiladigan zonalari ham kо‘pincha armatura bilan 
ta’minlanadi, chunki pо‘lat siqilishga ham juda katta qarshilik kо‘rsatadigan 
materialdir. Masalan, siqilishga ishlaydigan ustun kesimini armaturalash uning yuk 
kо‘tarish qobiliyatini ancha oshirish yoki kesim о‘lchamlarini kamaytirish 
imkonini beradi.
Temirbetoining afzalliklari quyidagilardan iborat: statik va dinamik 
yuklarga yuqori darajada qarshilik kо‘rsata olishi; zilzila va yong‘in ta’siriga 
bardoshliligi; kо‘pga chidamliligi; atmosfera ta’sirlariga yaxshi qarshilik kо‘rsatishi; 
maxalliy materiallardan foydalanish imkoniyati; konstruksiyaga istalgan shakl 
berishning osonligi; ekspluatatsiya xarajatlarining nisbatan kamligi. 
Quyidagilar temirbetonning asosiy nuqsonlariga kiradi: vaznining og‘irligi; 
issiQlik va tovushni oson о‘tqazishi; tayyorlash va foydalanish jarayonida yorilishi 
mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi va shunga 
о‘xshashlar. 
Bajarilish usuli bо‘yicha yig‘ma, yaxlit (monolit) va yig‘ma-yaxlit temirbeton 
konstruksiyalarini bir-biridan farqlaydilar. 
Zavod yoki boshqa maxsus joylarda oldindan tayyorlanib, qurilish 
maydonchasida montaj qilinadigan yig‘ma konstruksiyalar bugungi kunda 
amaliyotda kо‘proq kо‘llanilmokda. Chunki ulardan foydalanish sarf xarajatlarni 
kamaytirish, konstruksiya sifatini yaxshilash, qurilish ishlarini sanoatlashtirish, ishlarni ob-
xavoning xar qanday sharoitlarida jadal olib borish, qurilish muddatini kisqartirish, 
konstruksiyalarni tayyorlashda ilg‘or texnologiyalarni qо‘llash va boshqa 
imkoniyatlarni beradi. 
Qurilish 
joyida 
opalubkalar 
yordamida 
bevosita 
quyiladigan 
yaxlit 
konstruksiyalar qismlarga bо‘linishi va birxillashtirish (unifikatsiyalashtirish) qiyin 
bо‘lgan obyektlarda, masalan individual loyixalar asosida barpo etiladigan 
gidrotexnika inshootlarida kо‘proq qо‘llaniladi.Armaturaning turi bо‘yicha 
egiluvchan armaturali (diametri 40 mm gacha bо‘lgan sterjenlar ishlatiladigan) va 
yuk kо‘taruvchi armaturali temirbeton bir-biridan farqlanadi. Yuk kо‘taruvchi 


64 
armatura sifatida yoyma pо‘lat maxsulotlari (shveller, qо‘shtavr, burchaklilar) yoki 
yirik diametrli sterjenlardan tayyorlangan sinchlar (karkaslar) ishlatiladi. Bunda 
armatura osma qolipdan va yangi yotqizilgan beton qorishmasidan tushadigan 
yukni о‘ziga qabul qiladi. Yuk kutaruvchi armaturali temirbeton yirik va massiv 
gidrotexnika inshootlarida qо‘llaniladi. 
Temirbetonning maxsus turlaridan biri armotsement bо‘lib, uni tayyorlashda 
mayda zarrachali tо‘ldirgichli beton va diametri 0,5...2 mm li simlardan tayyorlangan 
tо‘rlar ishlatiladi va bu tо‘rlar armotsementning butun qalinligi bо‘yicha tekis 
joylashtiriladi. Armotsementli konstruksiyalar chо‘zilish va egilishga yaxshi qarshilik 
kо‘rsatishi, yoriqbardoshliligi va elastikligi yuqoriligi bilan odatdagi temirbetondan 
farq qiladi. Armotsement yupqa devorli konstruksiyalarni tayyorlashda ishlatiladi.Odatdagi 
temirbetondan tashqari oldindan zо‘riqtirilgan temirbeton ham mavjud. Tayyorlash 
jarayonida oldindan betonda siqilish va armaturada chо‘zilish kuchlanishlari 
о‘yg‘otilgan temirbeton oldindan zо‘riqtirilgan deb ataladi. 
Oddiy temirbetonda о‘ta mustaxkam pо‘latlardan foydalanish imkoniyatlari 
chegaralangan bо‘lib, bu kamchilikni betonni oldindan siqish orqali kamaytirish 
mumkin. 
Oldindan zо‘riqtirilgan konstruksiyalarda mustahkamligi ancha yuqori bо‘lgan 
betonlar va armaturalar ishlatidadi. Oldindan zо‘riqtirish orqali beton va 
armaturaning imkoniyatlaridan tо‘laroq foydalanish, konstruksiya kо‘ndalang 
kesimini va tannarxini kamaytirish imkonini beradi. Oldindan zо‘riqtirilgan 
konstruksiyalarning yoriQbardoshliligi va bikrligi ham odatdagi konstruksiyalarnikiga 
nisbatan ancha yuqoridir.Qurilishbop yig‘ma temir-beton va beton buyumlar hamda 
qurilmalar turar joyfuqaro binolari qurilishi, sanoat, transport qurilishi va 
qurilishning boshqa turlarida keng qо‘llaniladi. 
Temir-beton qurilish materialidan iborat bо‘lib, unda qurilmada birgalikda 
ishlaydigan qotgan beton va pо‘lat armatura bir butun bо‘lib yig‘ilgan. Kо‘rsatib 
о‘tilganidek beton siqilishga yaxshi qarshilik kо‘rsatadi va chо‘zilishga esa yomon 
qarshilik kо‘rsatadi; pо‘lat armatura esa chо‘zilishga yaxshi qarshilik kо‘rsatadi. 
Temir-beton tо‘sinning egilishga ishlash sxemasi 7.1-rasmda kо‘rsatilgan. 
Ikkita tayanchda yotgan tо‘singa ustki tomondan kuch ta’sir etganda tо‘sinning 
ustki tomoni siqiladi, pastki zonasi esa chо‘ziladi. Faqat betondan tayyorlangan 
tо‘sinning mustahkamligi uncha yuqori bо‘lmaydi; tо‘sinning chо‘zilishga 
qarshiligi kichik bо‘lmaganligi uchun u uncha katta bо‘lmagan yuklamadayoq 
yemiriladi. CHо‘ziladigan pastki zonaga pо‘lat armatura qо‘yilganda esa tо‘sin 
ancha katta yuklamaga bardosh bera oladi. Armatura va betonning birgalikdagi 
yuklama qabul qilishi harorat katta bо‘lganda ham ular orasidagi bog‘lanish 
kuchlarining kattaligi xisobiga deformatsiyaaga yо‘l qо‘ymaydi. Bunda zich 
betondagi pо‘lat armatura zanglashdan ham yaxshi himoyalangan. 
Tayyorlanish usuliga kо‘ra temir-beton qurilmalar yaxlit va yig‘ma 
qurilmalarga bо‘linadi.

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling