Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Yaxlit temir-beton qurilmalar bevosita 
qurilish maydonlarida barpo 
etiladi.
Ular 
odatda 
elementlari 
standart 
bо‘lmagan va kam 


65 
takrorlanadigan, qismlarga ajratish juda
qiyin bо‘lgan binolar va inshootlarda 
yuklamalar ayniqsa katta bо‘lgan (kо‘p qavatli sanoat binolarining poydevorlari
sinchlari
va bostirmalari, gidrotexnik, transport va boshqa inshootlar) da 
ishlatiladi. Lekin ularni barpo etishda qо‘l mehnati va qolip, havozalar va boshqa 
shu kabilar tayyorlash uchun materiallar kо‘p sarflanadi. Yaxlit qurilmalarni qish 
vaqtida betonlashda kо‘pgina qiyinchiliklar vujudga keladi. 
 
7.1-rasm. Armirovka qilinmagan beton (a) va armirovka qilingan
temir-beton (b) tо‘sin. 1-yuk; 2-armatura 
 
Yig‘ma temir-beton qurilmalar yaxlit qurilmalarga nisbatan ancha tejamli 
bо‘ladi, chunki ular ishlab chiqarish texnologiyasi
yuqori 
mexanizatsiyalashtirilgan
va
tо‘g‘ri
tashkil
etilgan 
ixtisoslashtirilgan zavod va tajriba maydonida tayyorlanadi. Temir-beton yig‘ma 
qurilmalarga yaxlit qurilmalarga nisbatan pо‘lat va beton kam sarflanadi, qoliplar 
va tutib turuvchi havozalar uchun ham yog‘och materiallar tejaladi, qurilmalar 
barpo etish ishlarining kо‘p qismi qurilish maydonlari va zavodlarda bajariladi. 
Bunda qurilish maydoni tiklash maydoniga aylanadi, beton va temir-beton 
ishlarining sermehnatliligi ancha qisqaradi, sifati ortadi, shuningdek, qurilish 
sur’atlari jadallashadi va narxi pasayadi. 
Yig‘ma temir-beton qurilmalar va buyumlar qurilishni industriyalash uchun 
keng imkoniyatlar ochib beradi, ular kо‘p marta ishlatiladigan (unifikatsiyalangan) 
elementlarning tip-о‘lchamlari minimal bо‘lganda ayniqsa foydalidir. 
Temir-beton buyumlar va qurilmalar oddiy armatura bilan ham, oldindan 
taranglangan armatura bilan ham tayyorlanadi. Oddiy armirovka qilish usuli (pо‘lat 
sterjenlar, tо‘rlar yoki sinchlarni chо‘zilish zonasiga yotqizish) ishlatish jarayonida 
buyumni darz hosil bо‘lishidan saqlamaydi. Bu darzlarga nam va gazlar kirib 
armatura zanglaydi. Bundan tashqari, darzlar paydo bо‘lganda buyumning egilishi 
ortadi. Lekin qurilmaga hisob yuklamalar berilishidan oldin beton oldindan siqilsa 


66 
qurilmaning chо‘zilgan zonasida darzlarning paydo bо‘lishi keskin pasayadi. 
Betonning oldindan siqilishi armaturani taranglash yо‘li bilan amalga oshiriladi. 
Armaturasi oldindan taranglangan temir-beton qurilmalarning ikkita asosiy 
turi bо‘ladi: birinchisi – armaturani betonlashdan oldin va keyin tortib 
taranglashdan iborat, bunda armatura elektrotermik yoki mexanik usulda oldindan 
taranglanadi va uchlari ferma tirgaklariga mahkamlanadi, sо‘ngra beton qorishmasi 
quyiladi. Beton ma’lum mustahkamlikka ega bо‘lgandan keyin armatura 
sterjenlarining uchlari tirgaklardan bо‘shatiladi va armatura boshlang‘ich tarang 
vaziyatga qaytishga intilib betonni siqadi. Ikkinchi holda temir-beton qurilmalar 
bо‘ylama ariqchalar qilib tayyorlanadi, sо‘ngra bu ariqchalardan armatura 
sterjenlari о‘tkaziladi va chо‘ziladi, ularning uchlari qurilma chetlaridagi anker 
qurilmalari vositasida mahkamlanadi. Bundan keyin pо‘lat armaturani zanglashdan 
saqlash uchun ariqchalar sement qorishmasi bilan tо‘ldiriladi. Oldindan 
taranglangan armaturali temir-beton qurilmalarning ishlatilishi qurilmalar 
massasini pasayishiga, ularni darz ketishiga chidamliligini oshirishga, shuningdek, 
pо‘lat sarfini qisqartirishga imkon beradi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling