Мавзу: Металлар технологияси асослари
Devor bloklari va panellari
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Devor bloklari va panellari. Devor bloklari (33-rasm) zichligi kо‘pi bilan
1200 kg/m 3 bо‘lgan M50 va M100 markali yengil betonlardan tayyorlanadi. Ichki va tashqi devorlarning bloklari yaxlit va ichi kovak qilib yasaladi. Devor bloklarining balandligi va eni binolarning qabul qilingan qirqim sistemasiga qarab (ikki qatorli, uch qatorli va hokazo) va mavjud yuk kо‘tarish mexanizmlari (kranlar) ning quvvatiga qarab tanlanadi. Tashqi devor bloklari о‘ng yuzasi pardozlangan (fakturalangan), bо‘yashga tayyor qilib bajariladi. Mо‘ljallanishiga kо‘ra devor panellari tashqi va ichki dvorlar uchun mо‘ljallangan panellarga bо‘linadi. Isitiladigan binolar tashqi devorlarining panellari kо‘pincha zichligi 700-1000 kgG‘m 3 , M50-M100 markali yengil betondan, shuningdek zichligi 550-700 kgG‘m 3 bо‘lgan M35-M50 markali g‘ovak betonlardan bir qatlamli qilib tayyorlanadi. Turar joy binolarining tashqi devorlari panellarining uzunligi 3600 va 7200 (bitta yoki ikkita xonaga), balandligi 2900 va qalinligi 400 mm. Tashqi devor panellarining о‘ng yuzasi rangli sementdan tayyorlangan qorishmaning manzarali qatlami yoki maydalangan tosh, shisha va boshqalar 3-rasm. 3-rasm.Sopol plitalar bilan qoplangan keramzitbeton devor paneli qatlami bilan pardozlanadi, sopol plitka (3-rasm) bilan qoplanadi, shuningdek, yog‘in-sochinga chidamli bо‘yoq tarkibi bilan bо‘yaladi. Ichki devorlarning panellari M150, M300 markali og‘ir betonlardan tayyorlanadi. Ularning qalinligi konstruktiv xususiyatlarm, ta’sir etadigan yuklamalar va beton markasiga qarab 120 dan 160 m gacha о‘zgaradi. Orayopma buyumlari jumlasiga orayopma tо‘shamalari va panellari kiradi, ular kerakli tutib turish xususiyatiga ega va tovushni yetarli yutishi kerak. Butun xona kengligidagidek buyumlar odatda panellar deb, ancha ensizi esa plitalar deb ataladi. Qavatlar orasidagi yopmalar buyumlarining uzunligi yopiladigan quloch uzunligiga, ya’ni kо‘tarib turuvchi devorlar orasidagi masofaga muvofiq yasaladi va 3-6,5 m gacha bо‘ladi. 4-rasm.Zina marshi (a) va zinapoya maydonchasi (b). Orayopma plitalari yumaloq va chо‘zinchoq bо‘shliqli qilib chiqariladi (4- rasm). Bо‘shliqlar tо‘shama massasini kamaytiradi, yopmalarning tovush yutishini oshiradi va beton sarfini kamaytiradi. Tо‘shamalar uzunligi 6 m gacha bо‘lgan qulochga hisoblangan, tо‘shamalar qalinligi 220 mm, eni odatda 1,6-2,4 m. Plitalar 69 M200 va M300 markali og‘ir betonlardan tayyorlanadi. Ular oddiy usulda yoki oldindan taranglab armaturalanadi. Qurilmasi jihatidan orayopma panellari yassi yaxlit va yumaloq hamda chо‘ziq kovakli ichi bо‘sh, shuningdek, qirrali bо‘lishi mumkin. Ular oddiy usulda yoki oldindan armaturalanib, M200 va M300 og‘ir va yengil betonlardan tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda yirik panelli turar joy binolarini qurishda xona о‘lchamiga mо‘ljallangan 160 mm qalinlikdagi yassi yopma panellardan keng foydalaniladi (35-rasm). 5 rasm. Yumaloq (a) va oval (b) bо‘shliqli .Xona о‘lchamidek orayopma paneli orayopma plitalari Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling