Мавзу: Металлар технологияси асослари
Sanoat binolari buyumlari
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bino sinchlari uchun buyumlar
Sanoat binolari buyumlari.
Sanoat binolari qurish uchun temir-beton buyumlar va qurilmalarning keng nomenklaturasidan foydalaniladi. Poydevorlar va sanoat binolarining yer osti qismlari poydevor bloklari, temir-beton qoziqoyoqlar, ustunlar о‘rnatiladigan maxsus poydevorlar tо‘sinlari va boshqalardan iborat bо‘ladi. Ustunlar о‘rnatiladigan poydevorlar (ba’zan boshmoqlar deb ham ataladi) tagining о‘lchami 2 m gacha va balandligi 1 m gacha qilib, M150-M300 markali betondan tayyorlanadi (37-rasm). Poydevor markaziga ustun о‘rnatish uchun chuqurcha bо‘ladi. Boshmoqlar payvand sinchlar bilan armaturalanadi. Poydevor tо‘sinlari odatdagi oldindan taranglangan armatura bilan M200- M400 markali betondan kо‘ndalang kesimi trapetsiya yoki tavr shaklida qilib chiqariladi. Kesimining balandligi 400-600, tо‘sinlar uzunligi 4300 va 11960 mm. Bino sinchlari uchun buyumlar – ustunlar, kran osti tо‘sinlari, fermalar, tom tо‘sinlari va arkalardan iborat bо‘ladi. Binoning balandligiga qarab ustunlar yaxlit yoki panjarali qilib loyihalanadi. Ular M200-M500 markali betondan, kо‘ndalang kesimining о‘lchamlari 300x300 dan 400x600 mm gacha va undan ortiq kvadrat, tо‘g‘ri burchak va tavr shaklida tayyorlanadi . Kranosti tо‘sinlarini tayanishi uchun chetki qator ustunlari bitta konsol bilan jihozlanadi. Ustunlar payvand sinchlar yoki oldindan taranglangan armatura bilan armaturalanadi. 71 Tom tо‘sinlari oldindan taranglangan armatura bilan M400-M500 markali betondan bir va ikki nishabli qilib kesimi tо‘g‘ri burchak, tavr va qо‘shtavr shaklida tayyorlanadi. Tо‘sinlarning uzunligi 6, 9, 12 va 18 m. M400-M600 markali betondan tayyorlangan ferma va arkalar quloch 18 va 24 m tomlarning kо‘tarib turuvchi elementlari sifatida ishlatiladi. Fermalarning kesimlari trapetsiya, uchburchak yoki egri chiziqli segment shaklida bо‘lishi mumkin (40rasm). Qatordagi ustunlar orasidagi masofa 12 m bо‘lganda sanoat binolarida stropil fermalariga tayanch bо‘lib xizmat qiladigan 12 m uzunlikdagi stropilosti fermalaridan foydalaniladi. Temir-beton arkalar bilan qulochi 100 m va undan ortiq bо‘lgan binolar yopiladi. Arkalar yaxlit yoki panjarasimon devorli qilib tayyorlanadi va odatda ikkita yarim arkadan yig‘iladi. Sanoat qurilishida qavatlar orasini va tomini yopish uchun turar joy qurilishida ishlatiladigan buyumlar kabi buyumlar qо‘llaniladi. Orayopmalar uchun, ayrim hollarda esa yopish uchun ham qirrali plitalardan ham foydalaniladi. Katta qulochli binolarni yopish uchun qobiqlardan foydalaNilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling