Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

 
6.3.G‘ovak betonlar 
G‘ovak beton qotib qolgan bog‘lovchi moddadan iborat sun’iy tosh material 
bо‘lib, bog‘lovchi moddada havo yoki gazga tо‘lgan 1-2 mm diametrli katak 
kо‘rinishidagi berk g‘ovaklar bir meyorda taqsimlangan bо‘ladi. G‘ovak betonlar 
mineral bog‘lovchining oldindan shishirilgan qorishmasi,mayda zarralarga 
bо‘lingan kremnezemli qо‘shimcha, g‘ovak hosil qilgich va suvning qotishi 
natijasida olinadi. G‘ovak beton hajmi 85% gacha g‘ovakdan iborat, bir meyorda 
taqsimlangan va biri boshqasidan sement tosh yoki boshqa bog‘lovchi moddadan 
hosil bо‘lgan yupqa hamda mustahkam tо‘siqlar bilan ajralib turadi G‘ovak 
betonlarning kо‘pgina turlari mavjud. Ular g‘ovaklarning xosil bо‘lishi, bog‘lovchi 
moddalar turi, qotish sharoitlari, shuningdek vazifasiga kо‘ra turlanadi.G‘ovak
tuzilishi usuliga qarab g‘ovak betonlar gaz va kо‘pikbetonlarga bо‘linadi. 
Qо‘llaniladigan bog‘lovchining turiga qarab portlandsement asosida tayyorlangan 
gaz va kо‘pikbetonlarga, havoda qurigan ohak asosida tayyorlangan gaz va 
kо‘pikgipslarga bо‘linadi.Qotish sharoitlariga kо‘ra g‘ovak betonlar avtoklavda 
qotiriladigan va avtoklavsiz qotiriladigan betonlarga bо‘linadi.Vazifasiga kо‘ra 
g‘ovak beton quyidagi turlarga bо‘linadi:havoda quritilgan holatdagi zichligi 500 
kg\m
3
dan kichik issiqlik izolyatsion (issiqlik izolyatsion va akustik plitalarni
qobiqlar va boshqa buyumlarni tayyorlash uchun) betonlar;zichligi 500-900 kg\m
3



59 
mustahkamligi 5-7,5 MPa bо‘lgan konstruksion-issiqlik izolyatsion (binolarning 
tо‘sib turuvchi qurilmalari uchun) betonlar;zichligi 900-1200 kg\m
3
bо‘lgan 
konstruksion betonlar (tutib turuvchi va bir yо‘li issiqlik izolyatsion qurilish 
qurilmalari qavatlar orasidagi qoplash panellari va boshqalar tayyorlash uchun). 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling