Мавзу: Металлар технологияси асослари
Beton qorishmasi tashish, quyish va zichlash
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
5.4. Beton qorishmasi tashish, quyish va zichlash
Beton qorishmasi zavod yoki betonqorgich qurilmasidan beton ishlatiladigan joygacha kо‘pincha avtosamosvallar yordamida, qurilish maydonchasi chegarasidagi qisqa masofalarga esa tasmali transportyorlar, beton nasoslari, vagonchalar, qovg‘alar (badyalar) va boshqalar vositasida tashiladi. Beton qorishma eng qisqa masofa bо‘yicha tashish, mumkin qadar qayta yuklash va tashish vaqtini cheklash (1 soatgacha) lozim. Qurilish maydoni beton zavodidan ancha uzoq masofada joylashgan bо‘lsa, beton qorishma tayyorlash va tashish uchun avtobeton qorgichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda avtobeton orgichning barabaniga materiallar zavodda yuklanadi, beton qorishmasi esa yо‘lda, bevosita beton ishlatiladigan joy yaqinida tayyorlanadi. Beton va temirbeton konstruksiyalarining sifati ma’lum darajada beton qorishma quyish va zichlash usuliga ham bog‘liqdir. Oldindan tayyorlanib qо‘yilgan qolip (opalubka) va unga о‘rnatilgan armaturaga beton qorishmasi odatda gorizontal qatlamlash usulida quyiladi. Bunda qorishma qolipning butun hajmini, shu jumladan burchaklar va toraygan joylarini zich tо‘lg‘azishi kerak. Beton qorishmasi odatda vibratorlar (titratkichlar) vositasida zichlanadi. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, beton qorishmasiga maxsus mexanizmlar- vibratorlardan yuqori chastotali tebranishlar uzatiladi, buning natijasida qorishma qovushqoqligi ancha kamayadi. Bunday suyuqlantirilgan beton qorishmasi og‘irlik kuchi ta’sirida qolip bо‘yicha bir tekis taqsimlanadi, armaturalar orasidagi barcha bо‘shliqlar yaxshi tо‘ladi. Titratish paytida beton qorishmasidagi tо‘ldirg‘ich donalari о‘zaro siljib, ular orasidagi bо‘shliq sement qorishmasi bilan tо‘lishi sababli qorishmadagi xavo pufakchalari tashqariga siqib chiqariladi, natijada 52 material yaxshilab zichlanadi. Titratish tugaganda qolipdagi qorishma tezda quyuqlashadi. Beton qorishma zichlash uchun elektromexanik, elektromagnit va pnevmatik vibratorlarlardan foydalanish mumkin. Qurilish amaliyotida kо‘proq elektromexanik vibratorlar ishlatiladi. Konstruksiyasi bо‘yicha vibratorlar yuzaki, chuqurlik bо‘yicha kо‘milib ishlaydigan va maydonchali bо‘ladi. Vibrator betonlanadigan konstruksiyaning turi, shakli va о‘lchamlariga qarab tanlanadi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling