Мавзу: Металлар технологияси асослари
Beton qorishma tayyorlash
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
5.3. Beton qorishma tayyorlash
Xozirgi zamon qurilishida beton qorishmasi asosan avtomatlashtirilgan beton zavodlarida va yig‘ma temirbeton ishlab chiqaradigan zavodlarning betonqorgich uzellarida tayyorlanadi. Bu korxonalar bir necha qurilish obyektlarini beton qorishmasi bilan markazlashtirilgan tarzda ta’minlaydi. Kam mexanizatsiyalashtirilgan va kam quvvatli obyekt qoshida qurilgan vaqtinchalik betonqorgich qurilmalarga nisbatan bunday ishlab chiqarish usuli, shbuhasiz texnik-iqtisodiy afzalliklarga egadir. Beton qorishma tayyorlash jarayoni beton qorishmang barcha komponetlarini dozalash va ularni bir jinsli massa hosil bо‘lguncha aralashtirishdan iboratdir. Beton zavodlari va betonqorgich sexlarida materiallar avtomatik va yarim avtomatik dozatorlar vositasida tortilib taqsimlanadi (dozalanadi). Dozalash aniqligi sement va suv uchun 1% dan, tо‘ldirgichlar uchun 2% dan ortiq bо‘lmasligi kerak. Betonqorgichning bitta qorishmasi uchun dozalanadigan materiallar miqdori 1 m 3 beton qorishmasiga sarflanadigan materiallar va olinadigan beton qorishmang miqdorini tavsiflovchi «chiqish koeffitsiyenti»ning qiymatiga asoslanib aniqlanadi. Beton komponentlari tо‘xtab yoki uzluksiz ishlaydigan betonqorgichlarda aralashtiriladi. Betonqorgichlar materiallar erkin tushadigan yoki majburan aralashtiriladigan usulda ishlaydi. Xarakatlanuvchan (plastik) beton qorishmalari odatda material erkin tushadigan va tо‘xtab ishlaydigan betonqorgichlarda tayyorlanadi. Bunday betonqorgichlarning asosiy ish organi ichki yuzasida kо‘raklari aylanadigan barabandir. Baraban aylanganda materiallar kuraklar bilan ilintirib bir oz 51 balandlikka kо‘tariladi va sо‘ngra pastga tushib aralashadi. Natijada bir jinsli beton qorishmasi hosil bо‘ladi. Bu turdagi betonqorgichlar sig‘imi 100-4500 l bо‘lgan qiyalanadigan barabandir; sig‘imi 250 l bо‘lgan betonqorgichlar kо‘chma, unda katta xajmlilari esa statsionar bо‘ladi. Bikr (qattiq) beton qorishmalarini tayyorlash uchun majburan aralashtiradigan betonqorgichlardan foydalaniladi. Ularda beton qorishmasi aylanadigan gorizontal tovoqda tayyorlanadi, tovoq ichida uning aylanishiga qarama-qarshi tomonga aylanadigan kuraklar bо‘lib, aralashtiriladigan beton qorishmasi tovoq tubidagi lyuk orqali tushiriladi. Betonning bir jinsliligi va mustahkamligi ma’lum darajada qorishmani aralashtirish sifatiga ham bog‘liqdir. Beton xо‘jaligi zavoddan tashqari quyidagi bо‘linmalarni о‘z ichiga oladi: yuklash-tushirish moslamasiga ega bо‘lgan tо‘ldirgichlar ombori; sementni transport vositalaridan tushirish va ularni siloslarga uzatish mexanizmlariga ega bо‘lgan sement ombori; laboratoriya hamda ta’mirlash-mexanik ustaxonasi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling