Mavzu: Meyorida rivojlanayotgan bolalarning ilk yoshida nutqiy, psixik va jismoniy rivojlanish qonuniyatlari Reja


Download 38.57 Kb.
bet5/11
Sana02.01.2022
Hajmi38.57 Kb.
#188231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маъруза 4 ОТМ

5-7 oylikda Oldingi malakalariga asoslangan holda chaqaloq insonlarni, predmetlarni tanlaydi, va ularga turli xil munosabatda bo‘ladi. Undan tashqari kattalarning mimikasini ovozini va ba’zi bir harakat amallarini farqlashni boshlaydi. bularning hammasi nutqni tushunish uchun poydevor bo‘la oladi. 5 oylikka kelib unda turli xil intonatsiyalardagi musiqali gugulash namoyon bo‘ladi. U endi tez-tez va uzoq gugulaydi: u bilan emotsional muloqotga javoban, erkin yotgan holatda: o‘yinchoqlarni ko‘zdan kechiraytgan va boshqalar. Agarda chaqaloq kattalarni ovozini yoki o‘zini ovozini eshitsa u holda uning gugulashi uzayadi, cho‘ziladi, har xil bo‘lib qoladi. Gugulashning rivojlanishi uchun chaqaloq o‘zini yaxshi his qila olishi va uning holati ijobiy emotsional bo‘lishi lozim.

8-9 oy nutqning rivojlanishi muhim hisoblanadi. 9 oydagi bolaga qarab gapiralganda uning tushunish qobiliyati kengayadi. Buuning xulqini, faoliyat xarakterini o‘zgartiradi.

10-12 oylik bolada faol nutq shakllana boshlaydi, bola birinchi so‘zlarini gapiradi. Nutqni tushuna boshlanishi predmetlar bilan harakat qilish murakkablashadi. 10-12 oyda bola kattalarning gapiga qarab harakatlarni bajarishga o‘rganadi. Harakatlar turlicha bo‘ladi va maqsadli xarakterga ega. Bolaning o‘yinchoqlari soni ko‘payadi; o‘yin o‘ynashga bo‘lgan harakatlar seziladi. Bu davrning oxirida bola mustaqil ravishda vertikal xolatga turib yuradi.

V. Ya.A.Komenskiy tabiiy qobiliyatni har tomonlama rivojlantirish g‘oyasidan kelib chiqqan holda ilk yoshdan boshlab bolalarga bilishni, harakat qilishni, so‘zlashni o‘rgatish kabi vazifalarni qo‘ygan. U «aql va nutq»ni rivojlantirish haqida bir xil qaykurish darkor, deb hisoblagan. Chunki, bola nutq tufayli o‘z fikrlarini ifodalaydi va atrofdagi kishilar bilan muloqotga kirishadi, nutqni egallab olish orqali u atrof-olamni anglaydi, boshqa bolalar bilan muloqot qilish natijasida esa bolada nutq va fikrlash rivojlanadi.



Ye.I.Tixeeva K.D.Ushinskiyning izdoshlari ichida birinchi bo‘lib maktabgacha yoshga nisbatan «tilni o‘qitish» atamasini ko‘llagan. Uning fikriga ko‘ra, bolalar bog‘chasida tarbiyalash ishlari tizimining asosini birinchi yoshdan boshlab ona tilini muntazam o‘rgatib borish tashkil qilmog‘i lozim, bu o‘quvni u maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri deb hisoblagan.

  • Go‘daklik yoshida (0-1) bolaning kattalar bilan muloqot shakllari turlicha bo‘lishi mumkin, ammo bu eng avvalo kichkintoyning jonl anishini, uning quvnoq kayfiyatini ifodalaydigan o‘yin muloqotidir.

  • 3-oydan boshlab bola bilan muloqotda ovoch «kuylari»ni (xalq cholg‘u asboblariga taqlid qilish) o‘z ichiga olgan, axborot jihatidan boy bo‘lgan asarlardan foydalanish zarur.

  • 9 oydan boshlab bolada nutqiy taqlid va ovo:1 ifodaliligi rivojlanadi, 12 oydan boshlab kichkintoyni kichik folklor janri asarlari elementlari asosida nutqiy muloqotga kirishishga undash darkor.

  • Bolani parvarish qilishda kattalar u bilan bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar haqida bolaga aytib turishlari zarur.


  • Download 38.57 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling