Mavzu: Meyorida rivojlanayotgan bolalarning ilk yoshida nutqiy, psixik va jismoniy rivojlanish qonuniyatlari Reja


Rivojlanishning proporsionalligi (bosh aylanasi, ko‘krak qafasi aylanasi, ba’zi antropometrik indekslar)


Download 38.57 Kb.
bet7/11
Sana02.01.2022
Hajmi38.57 Kb.
#188231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маъруза 4 ОТМ

Rivojlanishning proporsionalligi (bosh aylanasi, ko‘krak qafasi aylanasi, ba’zi antropometrik indekslar)

Bolaning jismoniy rivojlanishini baholash uchun tana og‘irligi va uzunligining to‘g‘ri mutanosibligini bilish zarur. Og‘irlik – uzunlik ko‘rsatkichlari, og‘irlikning uzunlikka munosabati tarzida tushuntiriladi, tananing bir santimetr uzunligiga qancha massa to‘g‘ri keladi. Normada yangi tug‘ilgan chaqaloqda og‘irlik – uzunlik ko‘rsatkichi (OUK) 60 – 75 grammni tashkil etadi. Jismoniy rivojlanishni baholashda tananing og‘irlik va uzunligidan tashqari gavdaning to‘g‘ri proporsionalligi ham ahamiyatga ega. Ma’lumki o‘z vaqtida tug‘ilgan bolalarning ko‘krak aylanasi tug‘ilish vaqtida bosh aylanasidan kichik bo‘ladi. O‘z vaqtida tug‘ilgan bolalarning bosh aylanasi yetarlicha keng intervalda tebranib turadi – 33.5 dan 37.5 santimetrgacha, o‘rtacha 35 santimetrga to‘g‘ri keladi. Bu sonli ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda bolaning bo‘yini massasiga mosligini, shuningdek, bosh aylanasining ko‘krak aylanasiga mutanosibligini hisobga olish kerak. Taqqoslashda shu narsani hisobga olish kerakka, tug‘ilish vaqtida bosh aylanasi ko‘krak aylanasidan 2 santimetrdan katta bo‘lmasligi kerak. Keyinchalik bosh aylanasining o‘sish tempini mo‘ljallab olish zarur. Birinchi, 3 – 5 oylikda har oydagi qo‘shimcha 1 – 1.5 santimetrga keyinchalik 0.5 – 0.7 santimetrga to‘g‘ri keladi. Bir yoshda bosh aylanasi 10 – 12 santimetrga o‘sadi va 46 – 47 – 48 santimetrni tashkil etadi (o‘rtacha 47 sm). Adaptiv bo‘y uzunligi va massa ko‘rsatkichlari bilan tug‘ilgan bolada bosh aylanasi 36 sm ni tashkil etadi. Birinchi, 3 oylikda bosh aylanasi 4 sm ga o‘sishi kerak (3 oylik 40 sm). Keyingi 3 oylikda bosh aylanasi yana 3 sm ga o‘sadi va 6 oylikda 43 sm ni, bir yoshda 46 – 48 sm ni tashkil etadi. Tug‘ilishda katta liqildoqlarning kattaligi 2.5 ga 3 sm, 3 ga 3 sm dan oshmasligi kerak. Bosh aylanasini sm lenta bilan orqa tarafdan qosh o‘rtasigacha olib kelib o‘lchanadi. Bolaning jismoniy rivojlanishiga xarakteristika berishda ko‘krak qafasining xususiyatlarini to‘g‘ri baholash katta ahamiyatga ega, ichki organlarning hayot faoliyati ko‘p tomondan, uning shakli va o‘lchamiga bog‘liq. Ko‘krak qafasi aylanasining o‘sishi hayotining birinchi yilida, ayniqsa, birinchi 6 oyida intensiv bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ko‘krak qafasi aylanasi 33 – 35 sm ni tashkil etadi. Hayotining birinchi yilida har oydagi ortish o‘rtacha 1.5 – 2 sm ni tashkil etadi. Bir yoshda ko‘krak aylanasi 15 – 20 sm ga o‘sadi. Keyin o‘sish energiyasi pasayadi va maktabgacha yoshgacha ko‘krak aylanasi 3 sm gacha, maktab yoshigacha 1 – 2 sm yiliga o‘sadi. Bolaning individual jismoniy rivojlanishini baholash uchun bosh aylanasi va ko‘krak qafasi aylanasining kesishuvini bilish muhim. Sog‘lom bolalarda bu 3 – 4 oylikda sodir bo‘ladi, 5 – 7 oylikda kesishuv sodir bo‘lmasa, ko‘krak qafasi va boshni rivojlanishini tekshirish lozim. Juda erta kesishuvning sodir bo‘lishi rivojlanayotgan mikrotsefaliyadan dalolat berishi mumkin, shuning uchun katta liqildoqning yopilishi vaqtini kuzatib borish kerak. Katta liqildoq 80 % bolalarda bir yosh oxirigacha o‘sish kerak, qolgan bolalarda bir yarim yoshgacha. Ko‘pgina o‘z vaqtida tug‘ilgan bolalarning orqa, oldi ko‘krak qafasi ko‘ndalang diametridan kam yoki unga teng bo‘ladi. Bir yoshga kelib ko‘ndalang diametr oldi orqa ko‘krak qafasi ustidan ustunlik qila boshlaydi va ko‘krak qafasi shakli kichrayib boradi.


Download 38.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling