Mavzu: Meyorida rivojlanayotgan bolalarning ilk yoshida nutqiy, psixik va jismoniy rivojlanish qonuniyatlari Reja


Download 38.57 Kb.
bet10/11
Sana02.01.2022
Hajmi38.57 Kb.
#188231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маъруза 4 ОТМ

Nerv-psixik xususiyatlar.Chaqaloq tug‘ilgandan uzoqni ko‘ra oladi. Chaqaloqning ko‘ruv maydoni g‘ira-shira tog‘dek bo‘ladi, lekin bu jarayon uzoq davom etmaydi, emizikli chaqaloq uni tiniqlashtirishga harakat qilar ekan. 10 kunlik yorug‘likka uzoq tikilishi mumkin. Lekin bu yorug‘lik uni bezovtalashni boshlaydi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq 20-25 sm uzoqlikda joylashgan predmetlarni, yaqinroq turgan predmetlarga qaraganda yaxshiroq anglaydi, chaqaloqqa predmetlarni 0,5 m masofagacha yaqin ko‘rsatmaslik kerak, bo‘lmasa chaqaloq predmetlarni yaxshiroq ko‘raman deb g‘ilaklashni boshlaydi. Bu davrdagi chaqaloq murakkab turdagi suratlarni ko‘rishni afzalroq ko‘radi. U juda ham inson yuz ifodalariga va kattalarning ko‘zlariga diqqat, qiziqish bilan qaraydi. Chaqaloqlar insonlarning mukammal hissiy yuz ifodalarini ajrata olish qobiliyatlariga ega. Bir oylik davr davomida u o‘ziga yaqin bo‘lgan ob’ektlarga qarashni boshlar ekan. Miya faoliyatining tuzilishi tobora murakkablashib boradi. 3-4 haftalik chaqaloq yon atrofdagi harakatli va harakatsiz predmetlarga qiziqishi ortib uzoq tikiladi, biroq ko‘ruv maydoni xali tor bo‘ladi. Bu davrda chaqaloq ko‘ruv diqqatini jamlash qobiliyatiga ega, shuning uchun harakatsiz predmetlarga diqqatini qarata oladi. Umumiy harakatlar tormoz holatda bo‘ladi. Chaqaloq ilk davrda chalqancha yotgan holda bo‘ladi, bu holatda u ko‘zi bilan harakatlangan predmetlarga boshini burgan holda kuzatar ekan. Agar unga uzoq bo‘lmagan masofadagi predmetlar sekinlik bilan harakatlantirilsa, u holda chaqaloq uni ko‘zi bilan kuzata olish qobiliyatiga ega. Harakatlanayotgan predmet to‘xtatilsa, chaqaloqdagi qiziqish yoqoladi.

Ilk yoshdagi bolalar uchun sezgi muhim ahamiyatga ega. Agar chafaloqqa tegilsa, u o‘sha tarafga intiladi. Bu instinkt ona ko‘kragini yoki shisha idishini topishga yordam beradi. Kaftiga tegilsa, u kattalarning barmog‘ini yoki biror bir predmetni barmoqlari bilan siqib oladi. Asosan ularga tegizilgan joy anglanmaydi, lekin uni his qila olishadi. Chaqaloq issiq-sovuqni sezish qobiliyatiga ega.



1 chi yillik xayotida sensor mexanizmlarida intensiv rivojlanish sodir bo‘ladi, kelajak mo‘ljal olish reaksiyalarining elementar formalari diqqat,kuzatuv, aylana xarakatlar. 4 oylikdan boshlab yangilikka reaksiya paydo bo‘ladi. Yangilikka reaksiya bu yaqqol sesor reaksmyadir, bu yangi predmetga nigoxini uzoq ushlab turishdan ifodalanadi. Eshituv idroki rivojlanadi. Undan tashqari bu davrda 4 o‘ylik chaqaloq o‘z aksini oynada ko‘rib quvonadi. U notanish insonni jilmayish bilan kutib oladi. O‘yinchoqlarga turtinib ketgach ularni birin ketin ko‘rib chiqadi, ushlab olishga xarakat qiladi. Mustaqil ravishda o‘yinchoqlarni ushlab ololmaydi, lekin qo‘liga qo‘yilan shiqildoqni yetarli qattam ushlab tura oladi. Chaqaloq qo‘liga tushgan turli xil predmetlar albatta uning og‘ziga tushib analiz sintezdan o‘tadi. Bu chaqaloqning rivojlanishi uchun yangi bir qadamdir. Chaqaloq sezgir og‘zi bilan olamni o‘rganishga xarakat qilar ekan. Xuddi mana shunday qilib taxlil malakalarini yig‘ar ekan. Shu paytda u o‘zining kiyimi,ko‘rpasini umuman olganda uni o‘rab turgan , qo‘li yeta olgan predmetlarni, undash tashqari nafaqat uni o‘rab turgan olamni balkim o‘zini xam o‘rganib chiqadi.


Download 38.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling