Mavzu: Meyorida rivojlanayotgan bolalarning ilk yoshida nutqiy, psixik va jismoniy rivojlanish qonuniyatlari Reja


Bola hayotining birinchi yilida bo‘yi va massasining ortish dinamikasi


Download 38.57 Kb.
bet6/11
Sana02.01.2022
Hajmi38.57 Kb.
#188231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маъруза 4 ОТМ

Bola hayotining birinchi yilida bo‘yi va massasining ortish dinamikasi.

Bola hayotining birinchi yilida bo‘y va massaning ortib borishi.

Yosh, oy

Har oyda bo‘ning o‘sishi (sm)

Shu davrgacha bo‘yning o‘sib borishi

Har oyda gavda massasining ortib borishi (gr)

Shu davrgacha gavda massasining ortib borishi (gr)

1

3

3

600

600

2

3

6

800

1400

3

2.5

8.5

800

2200

4

2.5

11

750

2950

5

2

13

700

3650

6

2

15

650

4300

7

2

17

600

4900

8

2

19

550

5450

9

1.5

20.5

500

5950

10

1.5

22

450

6400

11

1.5

23.5

400

6800

12

1.5

25

350

7150

Bola hayotining birinchi yilida uning bo‘yiga o‘rtacha 25sm qo‘shiladi, 1yoshda o‘rtacha 75-76smni tashkil etadi. To‘g‘ri rivojlanayotgan bolaning o‘sishida, oylik o‘sishiga qo‘shilishida +- 1sm tebranishi mumkin, ammo 6 oylikda bu tebranish 1smdan oshmasligi kerak. Bo‘yning o‘sishi inson organizmida kechayotgan plastik jarayonlar xususiyatini aks ettiradi. Bunda sifatli ovqatlanish muhim hisoblanib,ayniqsa tarkibida oqsil komponentlar va V, A, D, Ye guruh vitaminlari yetarliligi muhim. Shubhasiz,bolaning 1yoshgacha ovqatlanishidagi “oltin standart” –BU ONA SUTI. Ba’zi komponentlarning yetarli emasligi bolalarda o‘sish jarayonining buzilishiga olib keladi.Unga vitamin A, oltingugurt, yod kiradi. O‘sishning orqada qolishi turli xronik kasalliklarn. Normada ko‘pgina bolalarda hayotining 3-5 kunida “ fiziologik “ 5% massa yo‘qotilishi kuzatiladi. Bu ko‘p miqdorda suv yo‘qotilish bilan tushuntiriladi. Bu fiziologik yo‘qotilgan massani tiklashga maksimum 2 hafta ajratiladi. Gavda massasining ko‘p qo‘shilishi hayotining 6 – oyligida, kam qo‘shilishi bir yosh oxirida kuzatilishi bilan harakterlanadi. Bolaning og‘irligi 4.5 oylikda ikki barobar ortadi, bir yoshga yaqin bu ko‘rsatkichlar o‘zgaradi va oziqlanishiga, boshidan o‘tkazgan kasalliklariga va boshqalarga qarab o‘zgaradi. Massaning oy sayin ortib borishi asta – sekin pasayib boradi. Bolaning og‘irligini bir yoshgacha aniqlash uchun yuqoridagi jadvaldan foydalanish mumkin. Yuqorida berilgan jadvalga tayangan holda har bir oyda bolaning massasini ortishini quyidagi formula bo‘yicha (faqat uch oylikdan keyin) avvalgi oydagi og‘irligiga 50 gramm qo‘shib hisoblash mumkin: X = 800 – 50 x P. 50 – bola massasiga har oyda 50 grammdan qo‘shilishi, keyingi har oyda kamroq, uch oylikdan keyin. P – bolaning yoshi (oylikda) undan 3 ayriladi. Masalan, o‘n oylikda bola massasiga qancha qo‘shiladi. 800 – (50x7) = 450 gramm. Yana boshqacha fikrlar ham mavjud, o‘rtacha birinchi yarim yillikda bola og‘irligiga 800 gramm qo‘shiladi, ikkinchi yarim yillikda 400 gramm. Lekin, shuni hisobga olish kerakki, jadvalda berilgan ma’lumotlar taxminiy hisoblanadi. (fiziologik). Kichik massa bilan tug‘ilgan bolalarda oylararo qo‘shiladigan massa ikki barobar ortadi va yirik bolalarga qaraganda oldinroq yo‘qoladi. Tug‘ilgan zahoti sun’iy ovqatlantiriladigan bolalar o‘zining massasini tabiiy ovqatlantiriladigan bolalarga qaraganda bir oy kech o‘z massalarini ikki barobar orttiradi. Tana og‘irligining normadan 10 % dan kamligi patologiya hisoblanmaydi, lekin, bolalar shifokorlari bu yo‘qotishning sababini aniqlashi kerak.


Download 38.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling