Mavzu: Milliy iqtisodiyot rivojlanishida ijtimoiy omillarning roli
O‘zbekiston Respublikasida mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi
Download 86.5 Kb.
|
furqat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yillar Rasmiy ish so‘raganlar Ishga joylash ganlar
O‘zbekiston Respublikasida mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi
Rasmiy ma’lumotlar, ming kishi
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligining ma’lumotlari Mehnat bozorida ishchi kuchi taklifining talabdan ortiq bo‘lishi natijasida ishsizlik yuzaga keladi. Ishsizlik mehnatga layoqatli aholining turli sabablarga binoan ishsiz qolishini bildiradi. O’z kasbi, malakasi va hohish istagiga to‘g‘ri keladigan ish va ish joyini topolmaydiganlar doimo uchrab turadi. Odatda iqtisodiy faol aholi ikki qismga, bandlar va ishsizlarga bo‘linadi. Ularning nisbatidagi o‘zgarish iqtisodiy faol aholi tarkibining ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishini ifodalaydi. Ishsizlik yuzaga kelishi sabablari, davomiyligi va ko‘lami jihatidan friktsion, tarkibiy, mavsumiy, tsiklik va mintaqaviy turlarga ajraladi. O’zbekistonda ishsizlikning ko‘proq tarkibiy va mavsumiy turlari mavjud. YAngi tovarlar ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, ilg‘or texnologiyaning yaratilishi va zamonaviy korxonalarning ishga tushirish bilan bog‘liq holda iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi ham o‘zgaradi. Bunday o‘zgarish natijasida ishchi kuchining sifatiga bo‘lgan talab ham o‘zgacha bo‘ladi. Ilg‘or texnologiya bilan ishlash ko‘nikmasi va malakasi bo‘lmagan ishchi va xodimlar ishsiz qoladi. Bu tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Ayrim ishlab chiqarish va iste’molning mavsumiy tabiati mavsumiy ishsizlikni yuzaga chiqaradi. Masalan, paxta, don, poliz ekinlarini ytishtiruvchi dehqonlar qishda ishsiz hisoblanadi. O’zbekistonda jami band aholining 40 foizga yaqini qishloq xo‘jaligida band bo‘lganligi sababli mavsumiy ishsizlar soni qish oylarida ortadi. Iqtisodiy inqiroz davrlarida tsiklik ishsizlik kuzatiladi. Iqtisodiy tsiklning inqiroz bosqichida korxonalarda ishlab chiqarish vaqtincha to‘xtaydi va ishchilar ishdan bo‘shatiladi. TSiklik ishsizlik odatda ommaviy shaklda bo‘ladi. CHunki iqtisodiy inqiroz butun bir tarmoq yoki milliy xo‘jalikni qamrab oladi. Download 86.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling