Mavzu: Milliy iqtisodiyot rivojlanishida ijtimoiy omillarning roli


O‘zbekiston Respublikasida mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi


Download 86.5 Kb.
bet4/6
Sana11.02.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1189312
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
furqat

O‘zbekiston Respublikasida mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi
Rasmiy ma’lumotlar, ming kishi

Yillar

Rasmiy ish so‘raganlar

Ishga joylash
ganlar

Ishga joylashganlarning jami ro‘yxatdan o‘tganlardagi ulushi, %

Rasmiy ishsizlar soni,
ming kishi

1993

191,6

116,7

61,0

20,1

1994

214,1

124,9

58,4

24,8

1995

246,2

153,5

62,6

25,4

1996

275,4

178,8

64,9

27,5

1997

298,8

197,4

66,0

28,8

1998

313,8

207,9

66,2

33,3

1999

387,9

246,4

63,5

34,3

2000

421,4

280,6

66,6

35,4

2001

462,8

318,0

68,7

37,5

2003

430,5

317,4

73,7

32,2

2004

425,0

323,7

76,2

34,9

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligining ma’lumotlari
Mehnat bozorida ishchi kuchi taklifining talabdan ortiq bo‘lishi natijasida ishsizlik yuzaga keladi. Ishsizlik mehnatga layoqatli aholining turli sabablarga binoan ishsiz qolishini bildiradi. O’z kasbi, malakasi va hohish istagiga to‘g‘ri keladigan ish va ish joyini topolmaydiganlar doimo uchrab turadi.
Odatda iqtisodiy faol aholi ikki qismga, bandlar va ishsizlarga bo‘linadi. Ularning nisbatidagi o‘zgarish iqtisodiy faol aholi tarkibining ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishini ifodalaydi.
Ishsizlik yuzaga kelishi sabablari, davomiyligi va ko‘lami jihatidan friktsion, tarkibiy, mavsumiy, tsiklik va mintaqaviy turlarga ajraladi. O’zbekistonda ishsizlikning ko‘proq tarkibiy va mavsumiy turlari mavjud.
YAngi tovarlar ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, ilg‘or texnologiyaning yaratilishi va zamonaviy korxonalarning ishga tushirish bilan bog‘liq holda iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi ham o‘zgaradi. Bunday o‘zgarish natijasida ishchi kuchining sifatiga bo‘lgan talab ham o‘zgacha bo‘ladi. Ilg‘or texnologiya bilan ishlash ko‘nikmasi va malakasi bo‘lmagan ishchi va xodimlar ishsiz qoladi. Bu tarkibiy ishsizlik deb ataladi.
Ayrim ishlab chiqarish va iste’molning mavsumiy tabiati mavsumiy ishsizlikni yuzaga chiqaradi. Masalan, paxta, don, poliz ekinlarini ytishtiruvchi dehqonlar qishda ishsiz hisoblanadi. O’zbekistonda jami band aholining 40 foizga yaqini qishloq xo‘jaligida band bo‘lganligi sababli mavsumiy ishsizlar soni qish oylarida ortadi.
Iqtisodiy inqiroz davrlarida tsiklik ishsizlik kuzatiladi. Iqtisodiy tsiklning inqiroz bosqichida korxonalarda ishlab chiqarish vaqtincha to‘xtaydi va ishchilar ishdan bo‘shatiladi. TSiklik ishsizlik odatda ommaviy shaklda bo‘ladi. CHunki iqtisodiy inqiroz butun bir tarmoq yoki milliy xo‘jalikni qamrab oladi.

Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling