Mavzu: Milliy iqtisodiyot rivojlanishida ijtimoiy omillarning roli


Download 86.5 Kb.
bet6/6
Sana11.02.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1189312
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
furqat

bandlik siyosati mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va ishsizlikning oldini olishga qaratilgan. Bu siyosat ishsizlik darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil hamdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida to‘liq bandlik emas, samarali bandlikni ta’minlash dolzarb muammodir. Iqtisodiy faol aholining 100 foizini ish bilan ta’minlash mumkin. Lekin, ularning mehnati samarasiz bo‘lsa, mehnat unumdorligi pastligicha qolaveradi. Samarali bandlikni ta’minlash va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish quyidagilarni nazarda tutadi:
-qo‘l kuchiga asoslangan mehnatdan mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan mehnatga o‘tish;
-umumiy ish vaqtini kamaytirish bilan birga ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish;
-mavjud iqtisodiy faol aholining firmalar, tarmoqlar va mintaqalar o‘rtasida oqilona taqsimlanishiga erishish;
-jami band aholi tarkibida malakali ishchi kuchi ulushini orttirib borish;
-ayollarni o‘z onalik vazifalaridan mahrum qilmagan holda iqtisodiy faoliyatga jalb qilish.
Samarali bandlikni ta’minlashga mehnat birjalari ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat birjasi bu - tadbirkor va ishchi xodimning ishchi kuchini oldi-sotdi qilishlarida vositachilik rolini bajaruvchi maxsus muassasadir. Mehnat birjalarining asosiy vazifalari ishsizlarni ishga joylashtirishga vositachilik qilish, ishini o‘zgartiruvchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berish, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ishsizlar sonini ro‘yxatga olish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash kabilardan iborat.
Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling