Mavzu: Minerallarning fizik xossalari Reja


Minerallarning solishtirma og’irligi


Download 178.62 Kb.
bet7/9
Sana27.10.2023
Hajmi178.62 Kb.
#1726060
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Minerallarning fizik xossalari Reja-fayllar.org

7. Minerallarning solishtirma og’irligi
Minerallarni aniqlashda yordam qiladigan eng muhim belgilaridan biri ularning solishtirma og’irligidir.
Moddalarning solishtirma og’irligi deb, aniqlanayotgan moddani og’irligini uni siqib chiqargan suvni xajmiga nisbatan o’lchanadigan og’irligiga aytiladi. O’lchov birligi g/sm3, kg/dm3 yoki t/m3.
Minerallarning solishtirma og’irligi quyidagi usullar bilan aniqlanadi.
Solishtirma og’irlikni aniqlashning eng oson usullaridan biri uni oddiy tarozi va piknometr yordamida aniqlashdir.
Buning uchun avval solishtirma og’irligi aniqlanayotgan mineral namunasi tarozi yordamida tortiladi, so’ngra piknometrga ma’lum hajm miqdorida suv solib tarozida tortiladi. Bundan keyin o’lchangan mineral namunasi suvli piknometrga solinadi va buning natijasida hajmdan ortiq bo’lib qolgan suv siqib chiqarilib, piknometrni suv va mineral bilan birgalikdagi og’irligi o’lchanadi. Shu qiymatlar o’lchangandan so’ng solishtirma og’irlik quyidagi formula asosida hisoblanadi:

D – solishtirma og’irlik;
M – mineral og’irligi;
R – piknometrning suv bilan og’irligi;
R1 – piknometrning suv va mineral bilan og’irligi.
Solishtirma og’irlikni aniqlashning yana bir usuli og’ir suyuqliklardan foydalanishdir. Bu usulda solishtirma og’irligi ma’lum bo’lgan indikator minerallardan foydalaniladi. Aniqlanayotgan mineral namunasi indikator sifatida olingan og’ir suyuqlik bilan muvozanat holiga kelsa (ya’ni pastga cho’kmay va ustiga ko’tarilmasa) bu mineralni og’irligi indikator mineral bilan barobar degan xulosa kelib chiqadi.
Minerallarning solishtirma og’irligi 0,8 dan 23 gacha bo’lib quyidagicha bo’linadi:
- Engil minerallar,bu guruhga solishtirma og’irligi 0,8 dan 2,5 gacha bo’lgan minerallar kiradi. Masalan: gips, galit, grafit.
- O’rtacha minerallar, bu guruhga solishtirma og’irligi 2,5 dan 4,0 gacha bo’lganminerallar kiradi. Masalan: kvars, flyuorit, kalsit.
- Og’ir minerallar, bu guruhga solishtirma og’irligi 4,0 dan og’ir bo’lgan minerallar kiradi. Masalan:galenit, barit, sof tug’ma oltin.
Minerallarning solishtirma og’irligi shu mineralni tashkil qilgan elementlarning atom og’irliklari bilan, ion radiuslarining katta-kichikligi bilan, koordinasion son bilan bog’liqdir.
Minerallarning solishtirma og’irligida bo’lgan farq turli gravitasion usullar bilan rudali minerallarni rudasiz minerallardan ajratib olishda muhim rol o’ynaydi.

Download 178.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling