Mavzu: Minerallarning fizik xossalari Reja


Minerallarning magnitlik xususiyati


Download 178.62 Kb.
bet8/9
Sana27.10.2023
Hajmi178.62 Kb.
#1726060
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Minerallarning fizik xossalari Reja-fayllar.org

8. Minerallarning magnitlik xususiyati
Tabiatda magnitlik xususiyatiga ega bo’lgan minerallarning soni unchalik ko’p emas.Shuning uchun bu xususiyat minerallarni aniqlashda diagnostik belgi sifatida muhim ahamiyatga ega.
Minerallarning magnitlik xususiyati erkin aylanadigan magnit strelkasi yordami bilan tekshirilayotgan mineral namunasini shu strelkaga yaqinlashtirish yo’li bilan aniqlanadi.
Magnitlik xususiyatiga qarab minerallarni quyidagicha ajratishimiz mumkin:
Ferromagnit minerallar, bu minerallar magnitlik xususiyatiga ega bo’lib (ya’ni magnitdan iborat) temir qirindisi, mix va boshqa buyumlarni o’ziga tortadi. Masalan: magnetit, nikelli temir, ferroplatina.
Ferromagnit xususiyatiga ega bo’lgan minerallar halq xo’jaligi va fanda muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatdan rudalarni boyitish ishlarida (magnit yordamida saralash), ayrim minerallarni qidirishda (magnetit) va aniqlashda, radiotexnikada foydalaniladi.
Tabiatda magnitdan qochuvchi minerallar ham mavjud, ya’ni mineralni magnit strelkasiga yaqinlashtirsak strelka bu mineraldan qochadi. Bunday minerallarga diamagnit minerallar deyiladi. Masalan: sof tug’ma vismut.
Tabiatda magnit strelkasiga hamma minerallar ham ta’sir etavermaydi. Magnit strelkasiga ta’sir qilish ayrim minerallar uchun xosdir. Shuning uchun magnit kuchiga ta’sir qiladigan yoki boshqacha qilib aytganda magnit kuchiga tortiladigan minerallarni paramagnit mineral deyiladi. Masalan: temir qirindisi, siderit.
Minerallarning magnitlik xususiyati ularning kristall strukturasiga bog’liq bo’lib, ferromagnit minerallarda metall bog’lanishga, paramagnit va diamagnit minerallarda ion bog’lanishiga ega bo’ladi.
9. Minerallarning mo’rtligi, qayishqoqligi va pachaqlanuvchanligi
Bu xususiyatlar minerallarni aniqlashda ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’lsa ham, lekin ayrim minerallarni aniqlashda muhim belgi hisoblanadi.
Minerallarning mo’rtligi deganda, uni urganda uqalanib va maydalanib ketish xususiyati tushuniladi. Mo’rt minerallarni urganda, zarba tekkan joydan boshlab hamma tarafga har xil yo’nalish bo’yicha juda ko’p miqdorda darzliklar yuzaga keladi. Bu minerallarni chizganda kukun hosil bo’lib maydalanib ketadi.
Minerallarning qayishqoqligi deganda ularni tashqi deformasiya ta’sirida o’z shaklini o’zgartirishi va o’sha kuch ta’siri yo’qolgandan so’ng yana asl holiga qaytib kela olish xususiyati tushuniladi. Bunga slyudalar gruppasiga kiruvchi minerallar misol bo’ladi.
Minerallarni urganda yoki pichoq bilan chizganda ayrim minerallar uqalanib, maydalanib ketmay ularning yuzida tekis silliq yuza hosil bo’ladi. Bu minerallarning pachaqlanuvchanlik xususiyatidan dalolat beradi. Bu asosan sof tug’ma metallar (oltin, kumush, mis) uchun xarakterilidir. Bu minerallar bilan farfor plastinkaga chizganda yaltiroq metallsimon iz qoldiradi.

Download 178.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling