Mavzu: Minerallarning fizik xossalari Reja
Minerallarning ulanish tekisligi
Download 178.62 Kb.
|
Mavzu Minerallarning fizik xossalari Reja-fayllar.org
6. Minerallarning ulanish tekisligi
Kristallarning ma’lum tekisliklar va yo’nalishlar bo’yicha sinish qobiliyati ularning ulanish tekisligi deyiladi. Sinish natijasida odatda silliq tekis yuza hosil bo’ladi. Kristallarning ma’lum yo’nalishlar bo’yicha sinishdan hosil bo’lgan tekis yuza, ulanish tekisligi yuzasi deyiladi. Bu hosil bo’lgan yuzalar odatda kristall tomonlariga parallel bo’ladi. Ulanish tekisligi, bu faqat kristall moddalar uchun xos xususiyatdir. Ulanish tekisligining mukammalligi kristallarning fazoviy panjarasidagi qavatlar oralig’ining bir-biri bilan qay darajada tortilib turishi bilan bog’liqdir. Fazoviy panjaradagi qavatlarning bir-biri bilan tortishish kuchi qavatlar orasidagi masofaning katta-kichikligi bilan va kristallarni tashkil qilgan zarrachalarning ximiyaviy bog’lanishlarning qay turi bilan bog’langanligi bilan bog’liqdir. Minerallarni aniqlashda eng muhim diagnostik belgilardan biri bo’lgan ulanish tekisligi qay darajada namoyon bo’lishiga qarab quyidagicha bo’linadi. 1. Ulanish tekisligi o’ta mukammal minerallar. Kristallar yupqa varaqchalarga ajralib tekis yuza hosil qilib sinish qobiliyatiga ega. Bu guruhga kirgan minerallarni ulanish tekisligidan boshqacha yo’nalish bo’yicha sindirish juda qiyin. Masalan: slyudalar, talk, xlorit. 2. Ulanish tekisligi mukammal minerallar. Bu guruhga kiruvchi minerallarni bolg’a bilan urib sindirganda, doimo ulanish tekisligi bo’yicha ajralib, ko’rinishidan haqiqiy kristallarni eslatuvchi yuzalar hosil qiladi. Bunda ulanish tekisligi o’ta mukammalga o’xshash juda silliq bo’lmay, juda katta mexanik kuch ta’sirida yuzaga keladi. Ulanish tekisligidan boshqa yo’nalish bo’yicha sindirish juda qiyin. Masalan: galit, galenit, kalsit. 3. Ulanish tekisligi o’rtacha minerallar. Bu guruhga kiruvchi minerallarni bolg’a bilan urib sindirganda mineral bo’laklarida ulanish tekisligi ham, tasodifiy yo’nalishlar bo’yicha notekis yuzalar ham aniq ko’rinib turadi. Masalan: dala shpatlari, amfibollar. 4. Ulanish tekisligi nomukammal minerallar. Ulanish tekisligi yaqqol ko’rinib turmaydi, uni mineral parchasi sirtidan qidirib topishga to’g’ri keladi. Singan joylari odatda, notekis yuzalardan iborat bo’ladi. Masalan: apatit, olivin. 5. Ulanish tekisligi o’ta nomukammal bo’lgan minerallar yoki boshqacha qilib aytganda ulanish tekisligi yo’q minerallar. Bu guruhga kiruvchi minerallarni bolg’a bilan urib sindirganda har xil yo’nalishlar bo’yicha sinib, tekismas yuza hosil bo’ladi. Masalan: kvars, korund, oltin, platina. Minerallardagi ulanish tekisligi bir, ikki va bir necha tekisliklar bo’yicha bo’lib, har xil tekisliklarda har xil usulda namoyon bo’lishi mumkin. Masalan: galenit va galitda ulanish tekisligi kub bo’yicha (100), slyudalarda pinakoid (001) bo’yicha namoyon bo’ladi. Dala shpatlarida esa uchinchi pinakoid bo’yicha (001) mukammal bo’lib, ikkinchi pinakoid bo’yicha esa (010) nomukammal bo’ladi. Download 178.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling