Mavzu: Minerallarning fizik xossalari Reja


Minerallarning shaffofligi


Download 178.62 Kb.
bet4/9
Sana27.10.2023
Hajmi178.62 Kb.
#1726060
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Minerallarning fizik xossalari Reja-fayllar.org

4. Minerallarning shaffofligi
Moddalarning o’zidan nur o’tkazish xususiyati ularning shaffofligi deyiladi. Shaffoflik nisbiy olingan kattalikdir. Absolyut shaffof bo’lmagan jismlar bo’lmasa ham, biroq ko’pgina minerallar, ayniqsa metallar (yupqa qavat bo’lganda ham) nurlarni shunchalik kam miqdorda o’tkazadiki, ular xuddi shaffof emasdek ko’rinadi). Xuddi shunga o’xshash tabiatda absolyut shaffof, ya’ni o’ziga tushayotgan nurni tamomila o’tkazuvchi moddadan iborat muhit ham yo’q. Eng shaffof muhitlardan biri – toza suv – qalin qatlam bo’lganda ochiq havo rangga kiradi va bu uning ko’zga ko’rinadigan yorug’lik spektrining qizil nurlarini ancha ko’p yutishidan dalolat beradi.
Ma’lumki, jismga tushgan yorug’lik o’z tezligini kamaytiradi, sinadi va ichkarilab borgan sari energiyaning boshqa turlariga aylanishiga (asosan, issiqlik energiyasiga) sarflanadi, shunga ko’ra yorug’likning miqdori kamayib, ya’ni yorug’likning yutilishi (absorbsiya) sodir bo’ladi. Shunday qilib muhitdan chiqib kelayotgan yorug’likning kuchi avvalgi tushgan yorug’lik kuchidan kam bo’ladi. Buni quyidagi formula orqali ifodalashimiz mumkin:

a – shaffoflik koeffisienti;


I - tushgan yorug’lik nuri;


I0 - chiqib kelayotgan yorug’lik nuri.



Yuqorida ko’rsatilgan formuladan ko’rinib turibdiki, shaffoflik koefisienti α qanchalik 1 ga yaqin bo’lsa, mineral shunchalik shaffof bo’ladi.

Hamma minerallarning yirik kristallari ko’riladigan shaffoflik darajasiga qarab quyidagi gruppalarga bo’linadi.


Shaffof – mineralniyu ostida turgan qog’ozdagi yozuv mineral ustidan ham aniq ko’rinadi. Masalan: tog’ xrustali, island shpati, gips.
Yarim shaffof – mineralniyu ostida turgan qog’ozdagi yozuv mineralni ustki qismidan g’ira-shira ko’rinadi. Masalan: kinovar, zumrat.
Shaffof emas – mineraldan deyarli nur o’tmaydi. Masalan: pirit, magnetit, grafit.
Yirik kristallari yoki yirik kristall bo’laklari shaffof bo’lmagan minerallarning ko’pchiligi yupqa bo’laklarida yoki shliflarida o’zidan nur o’tkazadi (biotit, rutil).
Agar yirik kristallar o’rnida mayda donador agregatlarga to’g’ri kelar ekanmiz, moddalarning shaffofligi borasida butunlay boshqacha narsani ko’ramiz. Jism juda ko’p optik jixatdan turlicha yo’nalgan mayda zarrachalardan-donalardan tarkib topgan bo’lar ekan, u holda bunday muhitdan o’tayotgan nur o’zi uchun to’g’ri yo’l topa olmaydi. Bunday muhitlarda yorug’lik turlicha yo’nalishlarda ko’p martalab sinadi va nihoyat tarqalib ketadi va qaytadi. Shuning uchun bu muhitlar shaffof emasdek bo’lib ko’rinadi. Shaffof kalsit (island shpati) bilan kalsitning mayda donalaridan tashkil topgan agregatdan iborat, mayda donador oq marmarning bir xil qalinlikdagi va ikkala tomoni jilolangan plastinkachalarini taqqoslasak, yuqorida aytilganlarga ishonch hosil qilamiz. Island shpati orqali qog’ozga yozilgan xatni osonlikcha o’qishimiz mumkin bo’lsa, marmar plastinka o’zidan yorug’lik o’tkazmaydi. Bunday jismlar faqat yupqa shliflardagina shaffof bo’lib ko’rinadi.

Download 178.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling